Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Podsho Afandini bir kuni ovga olib chiqdi. Bir manzilda Afandini masxaralash uchun otining pastki labini kesib qo‘ydi. Afandi buni fahmlab qoldi-yu, borib podshoning otining dumini kesib qo‘ydi.
Ovdan qaytishda podsho orkasiga qarab Afandiga dedi:
— Afandi, otingiz nega kulayotibdi?
Afandi darhol javob qaytardi:
— Taqsir, otingizning keti ochilib qolibdi, shunga kulyapti.
Ona besh yashar o‘g‘liga tanbeh berdi:
— Hadeb sakrayvermagin, qorning qatta bo‘lib qoladi!
Bola ko‘chaga chiqsa homilador ayol turibdi. Sekin yoniga kelib dedi:
— Ana shunday bo‘ladi, kamroq sakrash kerak edi.
Bir kuni shifokor ruhiy kasallarni tekshirgani kelibdi. Bir bemor poyafzalni qo‘liga olib, “Tuzik qara, bizni tekshirgani shifokor kelibdi”, - deb turgan ekan, shifokor shu bemorning yoniga kelib:
— Sen nega it bilan gaplashib o‘tiribsan, - deganda
— Doktor bu it emas poyafzal-ku, - deb javob beribdi.
Shifokor xursand bo‘lib:
— Nega bu insonni bu yerda olib o‘tiribsizlar? Axir u soppa-sog‘-ku.
Bemor poyafzaliga qarab:
— Tuzik ko‘rdingmi bizning gapimizga shifokor ishondi - deb xursand bo‘libdi.
Allo doktor erim menimcha jinni bo‘p qoldi!
— Nima sababdan? Qani tushuntiring?!
— Erim vannaga suv to‘ldirvolib qarmoqda baliq ovlayabdi!
— Shartta qo‘lidan qarmoqni olib qo‘ying!
— Hooo, meni ham baliq yegim kelyabdida!
Er divanda gazeta o‘qib o‘tirsa, xotini protivogaz kiyib yoniga o‘tiribdi. Eri hatto qaramabdi.
Xotini eriga:
— Menga e’tibor ham bermaysiz-a, - desa.
Eri xotiniga qarab:
— Qoshingni teribsanmi? - dermish