Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir erkak ishxonasiga ko‘zi ko‘kargan holda kelibdi. Do‘stlari undan "nima bo‘ldi?", deb so‘rashibdi.
— Xotinim urdi!
— Nega?
— Senlaganim uchun...
— Ol-a, bu narsa uchun urmasa kerak?! Aslida nima bo‘ldi?
— To‘shakda yotuvdik. Xotinim "Biz anchadan beri birga bo‘lmay qo‘ydik, dadasi", dedi...
— Men esa "biz emas, sen", deb yuboribman.
Mulla Nasriddin,- dedi bir laqma, — nima uchun qulog‘im ikkita-yu, og‘zim bitta?
— Ko‘proq tinglash uchun qulog‘ing ikkita,— javob berdi Afandi,— agar og‘zing ham ikkita bo‘lganda, odamlarning miyasini qoqib qo‘liga berarding!
Bitta negr sahroi-kabirda yurib sehrli chiroqni topib olibdi. Chekkasini ishqalagan ekan ichidan Jin chiqib:
— Uchta tilagingni bajaraman, buyur!, - debdi.
Negr rossa suvga chanqab, bir necha yillardan beri ayollarni ko‘rmagan, qora tanli bo‘lganidan ko‘p narsalardan mahrum bo‘layotganligini o‘ylab:
— Birinchidan men oppoq bo‘lay, ikkinchidan atrofimda yalang‘och ayollar ko‘p bo‘lsin va uchinchidan doimo suv yonimda bo‘lsin, - debdi.
Jin ham zamonaviy jinlardan ekan, rossa o‘ylab ko‘rib negrni eng odam ko‘p bo‘ladigan ayollar hojatxonasidagi unitazga aylantirib qo‘yibdi.
Ikkita ayol hammomning yechinish xonasida kiyinmoqdalar. Ayollarning bittasi erkaklarning trusigini kiyib olgan edi. Sherigi:
— Menga qarang Tannozxon, qachondan beri erkaklarni trusigini kiyayapsiz?, - desa.
Haligi ayol:
— Erim shu trusikni krovatimiz tagidan topib olgandan beri, - dermish.
Sotvoldi aka o‘t o‘chiruvchi edi. Bir kun ishdan kech qaytib kelib, yotoqxonaga sekin kiribdi. Ust kiyimini yechgach, chiroqni yoqaman desa:
— Iiii, chiroqni yoqmang, - deya sarosimaga tushibdi xotini. — Boshim og‘rib ketiyapti-ya, dorixonaga tushib, dori olib chiqmaysizmi?
Eri shoshib, kiyinibdi-da, dorixonaga tushib:
— Uka, menga bosh og‘riq dori ber, - desa.
Sotuvchi yigit:
— Iya, Sotvoldi aka, pajarkadan melisaga o‘tkazishdimi, - dermish.
— Ay, ay, ay, tortmen og‘riyaptiku, nima bitta teshikni topa olmayapsizmi?
Yigit:
— Qimirlamagin.
Qiz:
— Topdizmi?
Yigit:
— Ha, topdim. Hozir tiqaman.
Qiz:
— Aaaayy, og‘riyaptikuuu!
Yigit:
— E, o‘chir ovozingni nima man sanga har doim zirak taqib yuribmanmi...
Bir kishi qafasda uch dona to‘tiqush olib o‘tirardi. Xaridor ularning narxini so‘radi.
— Birinchisi uch yuz ming. Gapiradi. Ikkinchisi besh yuz ming. U ham she’r aytadi va qo‘shiq kuylaydi. Bunisini narxi bir million so‘m. Lekin u na gapiradi, na qo‘shiq kuylaydi.
Xaridor:
— Unda nega buncha qimmat.
— Bilmadim-u, lekin mana bu ikkisi uni “ustoz” deb chaqiradi.
Afandi bemahalda uyiga mehmon boshlab kelgan edi, xotini urishib berdi:
— Uyda hech narsa yo‘q-ku, mehmon boshlab kelasiz!
— Unday bo‘lsa,— dedi Afandi,— mehmon ko‘chada turibdi, chiqib Afandi yo‘q deya qol!
Afandining xotini yo‘lakka chiqib, eshik orqasidan:
— Xush kelibsiz, mehmon, uyga kiring desam, Afandi yo‘qlar, endi borlarida boshqa kelarsiz,— dedi.
Mehmon o‘shqirdi:
— Qanaqa bema’ni xotinsiz! Hozir holu jonimga qo‘ymay olib keldilar-ku. Hozir ko‘z oldimda uyga kirib ketdilar!
Afandi quloq solib tursan edi, eshikka yaqinroq borib dedi:
— Afandining eshigi bitta deb senga kim aytgan edi, narigi eshikdan chiqib ketgandir-da!
Bir yigit hech uylanmasmish. Onasi:
— Bolam nega ko‘rsatgan qizlarimni birortasini ham xohlamayapsan, desa,
O‘g‘il:
— Ona ularning hammasi g‘irt, debdi.
— Voy u nima degani, desa,
O‘g‘il:
— Nima deyishni bilmay, ishyoqmas, dangasa, uyquchi, deb tushuntiribdi.
Ona shunda:
— Voy 3 opang ham g‘irt edi, bib binoyi yashab ketdi, qolaversa manam rosa uchiga chiqqan g‘irt bo‘lganman. Adang sezmagan ham, dermish.