Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bojxona tekshiruv postida ishlaydigan kompyuter dasturchisi M.Abdullayev oilaviy sharoiti va moddiy qiyinchiliklar tufayli vaqtincha bojxona yuklarini tekshiruvchi-nazoratchi bo‘lib ishlab turish uchun boshliqdan ruxsat so‘radi.
Barcha qaynonalarga savol:
Agar keliningiz hamma narsasini yig‘ishtirib, uydan butunlay ketayotgan bo‘lsa yana 2 hafta sizga xizmat qilib berishi shartmi?
Qari otaxon yoshlarni nikoh toʻyiga restoranga boribdi.
Stol ustidagi noz-neʼmatlarga qarab oʻtirsa, ofitsiant bola kelib, likopdagi fransuz salatini aralashtirib tashlabdi. Otaxon xafa boʻlib ofitsiantga:
— Eh bolam-a! Tuppa-tuzuk turgan ovqatni kavlab nima qilarding?! – degan ekan.
To‘qson yoshga kirgan otaxon ko‘zguga qarab, — Mana bugun to‘qsonni qarshiladim, - debdi-da, boshiga qarab, — Sen ahmoq 40 yoshdayoq sochlarga ruxsat berib yubormaganingda, ular ham bugun to‘qsonga kirar edi, - dermish.
Vrach xonasi eshigida yozuvni o‘qigan bemor tanish ism, familiyani ko‘rib hayron bo‘libdi.
“Bu axir sinfdoshim-ku” debdi ichida. Xonaga kirib qarasa, qarshisida o‘zidan ancha yosh katta ko‘ringan vrach turgan ekan.
— E, sinfdosh qalesan?! – debdi quvonchini yashirmay bemor.
Vrach bo‘lsa unga qarab:
— Kechirasiz bemor, sizni tanimadim...! – deb hayron bo‘libdi.
— Rostan meni tanimadingmi?! 105-maktab esingdami? – so‘rabdi yana bemor.
— Ha, men o‘sha maktabda o‘qiganman. Siz o‘qituvchim bo‘lsangiz kerak?! Qaysi fandan dars bergansiz? – degan ekan vrach.
Bir g‘iybatchi qo‘shnisini ko‘chada uchratib qolib debdi:
— Hoy qo‘shni, yangi iPhone olibsizmi?
— Ha!
— Shuni, Facebookda yoki Telegramda xabar qilib yurmay, menga aytsangiz bo‘ldi edi. Hammaga bir zumda tarqatib chiqardim...
Bugun ertalab ishga kelsam, kompyuterimni sichqonchasi ishlamayapti. Sherigimniki-yam, narigisida-yam, ... Butun bo‘limda ishlamayapti. Nega ishlamayotganini tushuna olmay peshingacha bosh qotirdik. Narigi bo‘limni sichqonchasini olib chiqib qo‘ysam, ishlayapti...
Bir payt siqchonchamni o‘girib qarasam, tagida sensor nuri tushadigan joyiga inventar raqamini yopishtirib ketishibdi. Ming la’nat, kecha buxgalteriya inventarizatsiya o‘tkazgan edi-ku...