Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Misr ehromlarini barpo etish vaqtida quruvchilar tosh plitalarni ko‘tarishda allaqanday ko‘tarish mexanizmlari - zamonaviy liftlarga o‘xshash vositalardan foydalanishgan, degan fikr bor.
Ehromlarning yuqori qismlarida mehnat qilgan qullar tabbiy ehtiyojlarini qondirish uchun jiddiy muammolarga duch kelishgan: chunki balandlikdan turib hojatni chiqarish tufayli ular qorovullarning g‘azabiga va fir’avnlarning la’natiga duchor bo‘lishlari mumkin edi.
Faqatgina lift ixtiro qilingandan so‘nggina olimlarimiz qullar ushbu nozik vaziyatdan qanday chiqib ketishganini ihtiro qilishdi.
108
Shahar hokimining tomog‘iga suyak tiqilib, o‘ladigan bo‘lib qoldi. Qaratmagan tabibi qolmadi. Hech kim chora qilolmadi. Nihoyat Afandini eslashdi, unga odam yuborildi. Afandi o‘zi kelmay bir parcha qog‘ozga bir nima yozib yubordi.
Hokim qog‘ozni ochib ko‘rishi bilan bo‘yni cho‘zildi-yu, suyak — tomog‘idan o‘tib ketdi.
Odamlar hayron bo‘lib, kog‘ozga qanday duo yozilgan ekan deb qarashsa, Afandi:
— «Poraga kelgan qo‘yning suyagi», deb yozgan ekan.
113
Afandi ko‘chadan taqa topib oldi, juda xursand bo‘lib borayotgan edi, bir oshnasi so‘radi:
— Ha, Afandi, buncha xursandsiz? Afandi qo‘lidagi taqani ko‘rsatib dedi:
— Bitta taqa naqd, yana uchta taqa-yu usti but bo‘lsa, bitta ot degan so‘z. Chu!
122
Afandi bog‘chasiga o‘tqazgan ko‘chatlarini har kuni kechqurun ko‘chirib, uyiga olib kirib ketar edi. Bu ahvolni qo‘shnilari ko‘rib:
— Afandi, bu nima qilganingiz? - deyishdi.
— O‘zingga ehtiyot bo‘l, qo‘shningni o‘g‘ri tutma, - dedi Afandi.
110
— Tog‘a, nega GAI xodimlari mashinalarni ko‘rganda yo‘lga yugurib chiqishadi?
— Ularni yosh boladek, mashina yo‘lidan ehtiyot qilishimiz kerak.
19
— Siz firibgarlikda ayblanmoqdasiz! Mijozlaringizga umrni uzaytiradigan dorilar sotar emishsiz... Buning uchun avval ham sudlanganmisiz?
— Ha, 1800, 1890 va 1910 yillarda sudlanganman.
21
Kichkina bir chumoli go‘rkov bo‘lib ishlar ekan.
— Bir kuni fillar kelib do‘stimiz o‘ldi, go‘r qazib berasanmi? - deyishgan ekan.
23
Odamlar niqob taqishiga qaraganda og‘iz-burni jag‘ida joylashganga o‘xshaydi.
17
Bojxona tekshiruv postida ishlaydigan kompyuter dasturchisi M.Abdullayev oilaviy sharoiti va moddiy qiyinchiliklar tufayli vaqtincha bojxona yuklarini tekshiruvchi-nazoratchi bo‘lib ishlab turish uchun boshliqdan ruxsat so‘radi.
13
Barcha qaynonalarga savol:
Agar keliningiz hamma narsasini yig‘ishtirib, uydan butunlay ketayotgan bo‘lsa yana 2 hafta sizga xizmat qilib berishi shartmi?
15