Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Tiqilinch avtobusda bir kishi o‘kirib yo‘talsa, yonida turgan ayol jahl bilan: — Ishqilib karonavirusmasmisiz?! Niqob ham taqib olmabsiz! - desa, haligi odam: — Yo‘q. Menda tuberkulyozning ochiq shakli, - debdi. — Ha, unday bo‘lsa mayli-ku ... - degan ekan haligi ayol.
Afandi supermarketdan chiqsa, juda ko‘p eshaklar turgan ekan.
O‘zinikini topmoqchi bo‘libdi-da, cho‘ntagidan bir narsani olib tugmachani bosibdi. Bir eshak “Ia-ia...” degan ovoz chiqaribdi.
Bir ayol eriga:
— Dadasi, televizorda ob-havo ma’lumotini xato ko‘rsatyapti. Tashqarida +40 gradus, lekin televizorni bir chekkasida 0+ deb yozilgan, - desa, eri:
— Bir soat oldin 7+ deb yozilgan edi-ku, - dermish.
Uchta yigit ko‘ldan suzib o‘tish bo‘yicha musobaqa uyushtirishibdi.
Ikkita yigit ko‘lning 5 dan 1 qismini suzib o‘tib, charchab orqaga qaytibdi.
Uchinchi yigit ko‘lni suzib ketayotib, ko‘lning 5 dan 4 qismini o‘tib, “E, charchadim. Uzoq ekan!” deb orqasiga qaytvaribdi.
— Qulog‘im og‘riyapti desam ko‘zimga dori quyyapsizmi?
Doktor:
— Har bir kasallikning oldini olgan yaxshi. Agar men hozir dori quymasam, ertaga qulog‘ingizning og‘rig‘i unga ham o‘tib ketishi mumkin.
Ginekolog qabuliga homilador ayol kirib:
— Ultratovush tekshiruvidan o‘tmoqchi edim, - debdi.
Vrach:
— Yaxshi. Siz hozir nechanchi oydasiz? - deb so‘rabdi.
— Menmi? Men beshinchi oy - maydaman. Siz qaysi oyda yashayapsiz doktor? - dermish ayol.
Bir ayolni hamkasb erkak uchrashuvga taklif qilsa, ayol unga qarab debdi:
— Nimalar deyapsiz?! Meni ertaga uchrashuvga taklif qilyapsizmi?! Turmushga chiqgan ayolman-ku axir!
Hamkasbi unga:
— Unda bugun taklif qilsam-chi? – dermish.
Bolg‘a bilan o‘yinchoqlarini sindirib o‘tirgan ikki yashar o‘g‘ilchasini ota koyidi:
— Bolam, nima qilyapsan?
— O‘yinchoqlarimni sindirib, ko‘paytiryapman.