Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Zooparkda er-xotin aylanib yurishsa, eri maymunni ko‘rib rosa kulibdi.
Xotini:
— Namuncha kulasiz?
Er:
— Anuni xunukligini qara, - desa
Xotini:
— Shunga shunchalik kulish kerakmi? Men yigirma yildan beri siz bilan yashab kulmayapmanku, - debdi.
Afandi podsho saroyi yonidan o‘tib borayotgan edi, qarasa, saroyning baland devori ustiga yana bir paxsa qo‘yishayotibdi. Afandi to‘xtab, devorzondan so‘radi:
— Qo‘rg‘onning o‘zi ham baland edi-ku, nega baland ko‘tarayotibsizlar?
— Saroyga o‘g‘ri tushmasin, deb.
Bu javobdan ajablangan Afandi aytar edi:
— Tashqaridan tushadigan o‘g‘riga desangiz to‘g‘ri-ku, lekin ichkaridan chiqadigan o‘g‘riga ellik paxsa devor xam pisand emas!
Semirib ketgan qiz institutga kirish imtihonlaridan qaytdi. Ota undan so‘rayapti:
— Xo‘sh, kirdingmi?
— Yo‘q.
— Nima, tanlovdan o‘tolmadingmi?
— Eshikdan o‘tolmadim.
Sartaroshxonada mijoz soch oldirmoqda. Sartarosh so‘radi.
— Ukam qulog‘in kerakmi?
— Ha, oka, albatta kerak!
Sartarosh bolani qulog‘ini shartta qaychilab bolani qo‘liga berdi. Sartarosh soch olishni davom etdi. Birozdan so‘ng sartarosh yana so‘radi:
— Ukam qulog‘ing kerakmi?
— Yo‘q! Yo‘q kerakmas!? Baqirdi bola qo‘rqib ketib.
Sartarosh bolani qulog‘ini shartta qaychilab axlat chelakka tashlab yubordi.
"Fastumgel" bolaligimda, yoshligimda va hozir ham doimiy hamrohim. Bechora kampir, ellik yildan beri bel og‘rig‘idan qutilolmayotgan ekan. Xola maz emas, qo‘y yog‘i bo‘lganida ham shu vaqtgacha tuzatib yuborardi...
Xodimi o‘z boshlig‘idan ruxsat so‘ramoqda:
— Javob bering iltimos, mening tog‘am kasalxonada ekan. Boshliq unga raxmi kelib javob beribdi.
Ishdan so‘ng stadionga tushgan boshliq u yerda o‘z xodimini uchratib qolibdi.
— Iye, sen tog‘angni oldiga kasalxonaga borishing kerak edi-ku?!!
— Hozir xo‘jayin shoshmay turing, tog‘am mana shu o‘yinga hakamlik qilmoqda, o‘yin tugasin, keyin aniq kasalxonaga tushadi.