Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Siz g‘irt yaramas, iflos, isqirt, o‘g‘ri, tunlari ko‘chalarda sang‘iydigan qop-qora mushugimni ko‘rmadingizmi?
148
Hasan Husan egizaklar bor ekan. Hasan onasini ko‘proq emarkan va Husandan onasini sutini qizg‘anarkan. Bir kuni undan qutilmoqchi bo‘libdi va onasinining ko‘kragiga zahar surtib qo‘yibdi. Ertalab hursand bo‘lib qarasa, dadasi o‘lib yotganmish.
140
Oyisi o‘g‘lini urushyabdi.
— Menga qara, yap-yangi shim bilan, shunday balchiq, loy ko‘lmakka yiqildingmi?
— Oyijon, shunaqangi katta tezlik bilan yiqildim-ki, hatto shimimni ham yechib olishga ulgurmadim.
179
Ovchilar bir biriga maqtanishmoqda:
— Antarktidada bitta o‘q bilan kitni o‘ldirganman. O‘shanda Shimoliy qutbda o‘z qo‘llarim bilan oq ayiqni bo‘g‘ib qo‘ygandim.
— Sen qachondir o‘lik dengiz xaqida eshitganmisan?
— Kim ham eshitmabdi
— Ha-a, o‘sha dengizni men o‘ldirganman.
124
Boshliqni xonasini tozalayotgan farrosh ayolni qulog‘i eshitmas ekan. Bir kuni tokchadagi guldon yerga tushib sinibdi. Farrosh ayol orqasiga o‘girilib singan guldonga qaragan ekan, boshliqni yuragi yomon bo‘lib qolibdi. Chunki o‘sha farrosh opa maxfiy yig‘ilishlarda bemalol xonani tozalab yuravergan ekan-da!
148
Ayol kishiga birorta ko‘ylak yoqib qolsa-yu u ayolga kattaroq bo‘lsa, 1 oydan keyin ayol qomatini o‘sha ko‘ylakka moslashtirib oladi.
16
Yo‘l patrul xizmati xodimi haydovchini to‘xtatib tekshirsa, mast ekan.
— Hurmatli haydovchi! Sizning mast ekaningizni tasdiqlash uchun biz bilan ekspertizaga borishingizga to‘g‘ri keladi, - debdi.
Haydovchi:
— Mast emasman axir! To‘rttaloving meni sudrab ham olib borolmaysanlar, - dermish.
21
Turmushga chiqqan ayol dugonasiga debdi:
— Bilasanmi, nega ayollarni tishi kariyes bo‘lib mo‘rtlashar ekan?
— Nega? - debdi dugonasi.
— Erini bir zarbasidan tushib ketish uchun tishlar ham tayyor bo‘lib turarkan-de... - debdi ayol.
11
— Amerikada qora choyni nima deb aytishayotganini bilasanmi?
— Yo‘q.
— Yashil choyni o‘rtog‘i.
10
Bir paytlar ota-onamga ishlatish uchun eski rusumdagi mobil telefonimni berar edim.
Endi esa ular menga o‘zlarining eski tanometrlarini berishmoqda.
16