Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Oldiga fartuk taqib olib idish yuvayotgan erkak oldiga kichkina o‘g‘ilchasi yugurib kelib debdi:
— Ada, ada!
— Ha, o‘g‘lim. Nima deysan?
— Siz necha yildan beri oyimga xizmat qilasiz?
Do‘kon kassasida turgan qizni yoniga bir kishi kelib muloyimlik bilan:
— Yaxshi qiz, ikki pachka bering. Yo‘q, uch pachka, to‘rttasini beraqoling! - debdi.
— Nimani pachkasini? Antibiotik? Sirop? Yoki... Qayeriz og‘riyapti o‘zi?
— Hozir ko‘rsataman senga qayerim og‘riyotganini! - deb shimini cho‘ntagidan qurol chiqarib:
— Kassadagi hamma pullarni ber bu yoqqa! Biz o‘g‘rilarmiz!!!
Tahririyatga xat kelibdi:
"Maqolamni jurnalingizda chop etsangiz. Uchta maqolamni birdaniga yuboryapman!"
Tahririyatdan javob keldi:
"Bu bilan bizni qo‘rqita olmaysiz!"
Gazetaning "Tanishuv" ruknidagi e’lon:
Ichmayman, chekmayman, ovqat deyarli yemayman, ...
Suratimni qabristondagi marmar toshlardan birida ko‘rishingiz mumkin.
Vagon kuzatuvchisi Gulmira yo‘lovchilardan charchagan vaqtida, ularning choyiga uyqu dori qo‘shib beradi.
Agar-da zerika boshlasa, "Ummon"ni qo‘shiqlarini qo‘yib beradi.
Bir haydovchi avtomobilida katta tezlikda ketayotsa, yo‘l chetida:
"Tezlikni 50km/s ga pasaytir!" degan yozuvni ko‘rib qolibdi. Darhol pasaytirib, biroz yurgach, yana yozuv chiqibdi:
"Tezlikni 20 km/s ga tushir!" Biroz yurgach, yana "10 km/s tezlikda hayda!". 10km/s tezlikda bir soat yurgan haydovchi, oxirgi yozuvga ko‘zi tushibdi:
"Toshbaqa" nomli bog‘imizga xush kelibsiz!"
Dallolga qo‘ng‘iroq bo‘libdi:
— Allo, siz dalahovli sotish bilan shug‘ullanasizmi?
— Ha.
— Nega haroba bo‘lib ketgan dalahovlini qimmat narxda, ro‘parasidagi dang‘illama dalahovlini arzon pulga sotyapsiz?
— Haroba dalahovlidan chiroyli, ikki qavatli, dang‘illama dalahovlini tomosha qilsa bo‘ladi. Dang‘illama dalahovlidan-chi, harob bo‘lgan joy ko‘rinib turadi-ku...?!
Bir akaxon qizil mersedesni minib olib, katta ko‘chaning o‘rtasida, 150-170 tezlikda ketayotsa, yonidan bir jism yashin tezligida o‘tib ketibdi.
Hech narsaga tushunmagan akaxon, gazni oxirigacha bosib, uni quvib yetibdi. Qarasa, rangi oqarib ketgan bir odam o‘tirgan emish.
— Menga qarang, nima balo, motoringiz samolyotnikimi?, – co‘rabdi akaxon.
Boyagi odam bo‘lsa:
— Qayoqdan bilay...?! Shunchaki, ’’amerikanskiy gorka”da uchib ko‘rmoqchi edim...! – dermish.
Talabalar kredit mavzusida dars o‘tishmoqda. Bitta talaba o‘qituvchisiga savol beribdi:
— Ayting-chi domla, nega banklardan kredit olayotganimizda bizdan garov talab qilishadi-yu, biz bankka pul qo‘yganimizda bizga garov uchun hech narsa berishmaydi?!