Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Talabalar kredit mavzusida dars o‘tishmoqda. Bitta talaba o‘qituvchisiga savol beribdi:
— Ayting-chi domla, nega banklardan kredit olayotganimizda bizdan garov talab qilishadi-yu, biz bankka pul qo‘yganimizda bizga garov uchun hech narsa berishmaydi?!
Kunlarning birida ota-o‘g‘il toqqa, dam olishga chiqishibdi. O‘g‘li toshga qoqilib, yiqilib tushibdi-da, og‘riqdan:
— Ay!, - deb baqiribdi.
"Ay!" degan aks-sado kelibdi.
— Kimsan?, - so‘rabdi bola hayron bo‘lib.
"Kimsan" degan aks-sado eshitilibdi.
— Tentak, - deb baqiribdi.
Yana "Tentak" eshitilibdi.
Adasi o‘g‘liga qarab, — To‘xta, - debdi-da, — Sen zo‘rsan!, - deb baqiribdi.
"Sen zo‘rsan" degan sado kelibdi.
— Seni yaxshi ko‘raman, - desa,
"Seni yaxshi ko‘raman" degan ovoz kelibdi tog‘lardan.
— Ko‘rdingmi o‘g‘lim, men zo‘rman va meni yaxshi ko‘rishadi. Sen esa tentaksan, - degan ekan adasi.
Bir kuni xotin eridan so‘rabdi:
— Azizim, menga xiyonat qilganmisiz?
— Yo‘q, - debdi eri.
Xotini:
— Men olamdan o‘tgach, qabrim ustiga boring. Agar bir martta xiyonat qilgan bo‘lsangiz, qabrim atrofida bir martta aylanib chiqing. Ikki martta xiyonat qilgan bo‘lsangiz, ikki martta aylanib chiqing, - debdi.
Shunda er xotiniga qarab:
— Unaqa dema xotin! Meni boshim aylanib ketadi, - dermish.
Adasi to‘rt yoshli qizini uxlatmoqchi bo‘lib, alla aytib beribdi. Qizini ko‘zlari yumulganini ko‘rgan otasi:
— Uxlayqol qizim. Hozir tushingda ajoyib ertaklar ko‘rayotgan bo‘lsang kerak, - debdi pichirlab.
Qizi esa shu zahoti ko‘zini ochib:
— Yo‘q adajon. Reklama tugamadi hali, - degan ekan.
Bir kuni Afandi yo‘lda ketayotsa svetoforda bir o‘ta zamonaviy qiz mashinasi bilan kelib to‘xtabdi
Afandi ko‘rib:
— Voy-bo‘, buncha chiroyli. Bunaqasini hali ko‘rmagandim, - desa
Haligi qiz:
— Ma’lumot uchun, meni onam shunaqa chiroyli tuqqanlar, onam ham juda go‘zal ayollar, - desa
Afandi:
— Sen onasini qayerdan bilasan? Bu chet elda ishlab chiqarilgan mashina-ku, - dermish