Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
O‘qituvchi:
— Familiyangiz?
Student:
— Buranov(jilmayib).
— Ha, nimaga jilmayasiz?! - do‘q urdi professor.
— Birinchi savolga muvaffaqiyatli javob berganimdan xursandman.
Bir cho‘pon tuya hammomni orzu qilibdida, degan iborani eshitib hayron bo‘lib yurar ekan.
Bir kuni ke bir borib ko‘ray, deb hammomga boribdi, cho‘milib maza qilgandan hammom degani zo‘r joy ekan, kelasi yil yana kelamanooov, degan ekan.
Darvozaga yozilgan ogohlantirish:
— Uyimda qutirgan vaxshiy it bor!
G‘alamis qo‘shni yozuvni davom ettirib:
— Bu it juda qarigan hatto tishlari ham yo‘q!
Uy egasi:
— Tishi yo‘q bo‘lsa ham ehtiyot bo‘linglar, yetvosa so‘rib o‘ldiradi!
Afandi kasal bo‘lib tabibga borgan edi, g‘oz sho‘rva ichishni buyurdi. G‘oz sotib olishga qurbi yetmaganidan Afandi yelkasiga kamalakni osib, beliga ikkita nonni tugib, ko‘lga g‘oz ovlagani bordi. Qarasa, ko‘lda g‘oz ko‘p, biroq u kechgacha urinsa ham, bironta g‘oz ovlayolmadi. Nihoyat charchab, och qolib ko‘lning suviga non botirib yeya berdi. Shu vaqt bir ovchi kelib:
— Ha, Afandi nima qilib o‘tiribsiz!—so‘radi.
— G‘oz sho‘rva ichayotibman,— javob berdi Afandi.
— Go‘shti qani, yo‘q-ku?
— Go‘shtini tuzlab patiga o‘rab qo‘ydim, huv, ana!— deb uchib ketayotgan g‘ozlarni ko‘rsatdi Afandi.
Xaridor so‘rayapti:
— Soyaboningizni sifati yaxshimi?
Sotuvchi:
— Ha, albatta, besh yilga kafolati bor, fakat uni yomg‘irdan va quyoshdan saqlash tavsiya etiladi.
O‘rmonda yangi magazin ochilishi kerak ekan.
Hamma navbatda turibdi. Quyon kelib navbatga qaramay, oldinga o‘tib ketayotsa, ayiq quyonni girbonidan olib:
— Hov anavi navbatning oxiriga bor, endi kelyapsan!, - debdi.
Ikkinchi kun ham shu holat qaytarilibdi.
Uchini kun ham quyon magazin eshigi tomon yurib ketayotsa, yana ayiq kelib quyonni girbonidan olib:
— Hov anavi navbatning oxiriga bor, endi kelyapsan!, - desa.
Quyon:
— Qiziq, uch kundan beri o‘z magazimni ocholmayapman-a, - deb g‘udurlagancha qaytib uyiga kirib ketibdi.
Ikki do‘st aroq ichib o‘tirishgan ekan, aroq tugab qolibdi, qarashsa pullari ham tugab qolibdi. Uyning egasi o‘rtog‘iga hozir yo‘lini qilaman debdida, qo‘shni xonaga o‘tib, kichkina stanokchasida, besh mingtalik pul chiqarib olibdi. Bu hol bir necha marta takrorlanibdi, rosa kayf qilishibdi va mehmonni kuzatib qo‘yib uxlabdi. Ertalab uy egasi hali uyqudan turmasidan departament xodimlari uyiga bostirib kirib stanokni musodara qilishmokchi bo‘lib qarashsa pul chiqaradigan stanokga uxshamasmish, uy egasidan so‘rashsa:
— Menda hammasi haqiqiy pullar edi. Faqat shu pullarni stanokdan nomiga o‘tkazib oldim xolos.
— Bu ish sizga nimaga kerak edi?
— Yanagi safar kim bilan ichishim kerakligini bilishim uchun.