Afandi onasidan chuchvara qilib berishni iltimos qildi.
— Xo‘p,— dedi onasi.
— Sen menga taxta-o‘qlog‘ini topib ber.
Afandi uzoq axtarib, topolmadi. Keyin onasiga:
— Oyi,— dedi,— taxta-o‘qlog‘ini topay-topay deb qoldim. Endi o‘zingiz jinday qidirsangiz topasiz-qo‘yasiz.
Sudya jabrlanuvchidan so‘rabdi: — Sizni tilla zanjiringizni o‘g‘irlab qochgan shaxsni taniy olasizmi? Jabrlanuvchi: — O‘g‘rining advokati himoya nutqidan keyin, meni o‘zi tilla zanjirim bor-yo‘qligiga ham shubhalanib qoldim, o‘rtoq sudya...!
Eri uxlayotgan paytda xotin uning telefonidagi barcha yozishmalarini qarab chiqdi va o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy holatini "beva" deb belgilab qo‘ydi??♂️