Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
— Bobo uxlayapsizmi?
— Yo‘q, nima edi?
— 5000 so‘m bering...
— Uxlayapman o‘g‘lim, uxlayapman..!
133
Ikki dugona suhbatlashmoqda:
— Mashhur kino yulduzi bo‘lsam, butun dunyo men haqimda gapirsa, deyman.
— Sen haqingda butun mahalla gapirayotgani kamlik qilyaptimi?
103
Krokodil bolasi so‘radi:
— Oyi-oyi adam qayodala?
— Dadang Amerikada diplomat bo‘lib ishliydi.
109
Internetda odam ko‘p — Dushanbaga o‘xshaydi.
Lichkada sms ko‘p — Seshanbaga o‘xshaydi.
Gosti bo‘lar jononlar — Chorshanbaga o‘xshaydi.
Kelinlar hursand bugun — Payshanbaga o‘xshaydi!
113
— Kel bitta suvara tashaylik, og‘ayni!
— Men tushunmadim, siz kreditni qaytarish niyatidamisiz, yoki yo‘qmi?
120
Futbol murabbiyi farzandli bo‘ldi. Lekin ertaga uni juda muhim o‘yin kutib turibdi. Shuning uchun murabbiy tug‘uruqxonaga maydonga tushmaydigan o‘yinchini jo‘natibdi.
O‘yinchi tug‘uruqxonadan qaytib kelib, taasurotlari haqida gapirib berdi.
— U sizni o‘zingiz. Kichkinagina, baqaloq, hech narsani tushunmaydi, faqat baqirgani baqirgan.
140
Shifoxonada davolanib chiqayotib, bir kishi shifokorga minnatdorchilik bildirdi:
— Ming-ming rahmat sizga shifokor-jon! O‘z minnatdorchiligimni qanday izhor qilishni ham bilolmay qoldim…
Unga javoban shifokor ma’noli iljaydi-da, dedi:
— Eh, azizam, bilasizmi, insoniyat pul degan qudratli narsani o‘ylab topganidan beri minnatdorchilik izhor qilish yo‘li osongina hal etilgan.
112
— Bizning korxonamizda faqatgina kerakli kadrlar faoliyat yuritishi kerak, - deb ta’kidladi «Qo‘ng‘iroqcha» fermasining ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari yordamchisi ish yurutuvchisining kichik 3-razryadli kichik referent-kotibi.
121
Tbilisidagi suv toshqini natijasida hayvonot bog‘idan hayvonlar qochishdi. Qochgan bir echki Odessada topilgan.
133
Shifokor, huzuriga kelgan matn teruvchiga:
— "A" deng-chi...
— Katta "A" mi yoki kichik "a"?
90