Imtihon kuni domla bir talabani kuzatib o‘tirsa, talaba tanga tashlab, test javobini belgilab, chiqayotgan ekan. Hozir hammadan oldin javoblar varaqasini topshirib chiqib, ketadi bu humpar deb o‘ylabdi domla.
Hamma talabalar javoblarini topshirib chiqib ketishsa ham, u talaba haliyam o‘tirganmush.
Domla yoniga borib:
— Vaqt tugadi ukam! Topshiring javob varaqangizni, - desa,
Talaba
— Hozir domla, qayta tyekshirib chiqay, - deb, yana tanga tashlay boshlabdi.
Kinoteatrdagi tomoshabin oldida o‘tirgan kishiga dedi:
— Marhamat qilib shlyapangizni olib qo‘ysangiz! Biror narsa ko‘rarmikinman deb, chiptaga uch ming to‘laganman!
— Men ham boshqalar ko‘rib qo‘ysin deb, bu shlyapaga yigirma ming to‘laganman!
Tergov jarayonida tekshiruvchi-revizorga savol berishibdi:
— Maoshingiz 200 ming bo‘lsa, yuz millionlik uy-joyni qanday qilib qurdingiz?
— Juda-yam oddiy. Qurilish mollari omborida tekshiruv olib borayotganimda uyimni qurilishi bitdi.
Ko‘p qavatli uylarning eng yuqori qavatida yashaydigan er-xotinlar urushib qolishibdi. Xotinini qo‘rqitib qo‘ymoqchi bo‘lgan er, uyning derazasiga chiqibdi-da:
— Hozir shu yerdan o‘zimni tashlayman-da, chil-chil bo‘pkyetaman!
Shunda xotini:
— To‘xtang adasi, - deb ichkariga yugurib kirib ketsa, eri xursand bo‘lib turganakan:
— Mana shu ahlatlarni ham pastga ola keting, - debdi xotini.
2 do‘st poyezdga shoshayapti.
— Poyezd jo‘nashiga qancha vaqt qoldi?
— 10 minut.
— Meni soatimda esa 5 minut.
— Unda sen tezroq yugur, bo‘lmasa poyezdga kech qolasan.