Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Ikki chukcha ketayotsa, biri ikkinchisiga:
— Qara, men 10 dollar topib oldim!
— Malades, iye nimaga tashlab yubording?
— Qalbaki ekan.
— Qayerdan bilding?
— 10 da ikkita nol borligini ko‘rganmisan?
Shogird ustozi piru komildan so‘rabdi:
— Aytingchi ustoz, nega qizlar erga tegayotgan paytda ixcham, yengil bo‘ladilar, ya’ni 40-50kg atrofida?
— Oilaga tezroq va osongina kirib olish uchun, - deb javob beribdi ustoz.
— Nega ular hech qancha vaqt o‘tmay 2-3 barobar bo‘lib og‘irlashib ketadilar?
— Og‘irlashib ketishlarini sababi shuki, ularni oiladan itarib yuborib chiqarish qiyin bo‘lishi uchun, - degan ekan ustoz.
Yangi yilni nishonlab tongga yaqin bir ahvolda uyga kirib kelgan erni xotini kutib olibdi. — Yuzimga qarashga endi qanday chidaysiz? – debdi xotini. Er bo‘lsa unga: — Hechqisi yo‘q onasi, shuncha yil chidab kelyapman, bu yog‘i ham qarayveraman, - dermish.
O‘qituvchi so‘rabdi: — Alisher, nima uchun "Mening mahallam" mavzusidagi inshoing Qodirjonning inshosi bilan bir xil yozilgan. Alisher debdi: — Chunki men Qodirjon bilan bitta mahallada yashayman-da!
Bola uyga kelib adasiga dedi: — Bugun maktabda 5 baho oldim. Adasi so‘rabdi: — Qaysi savolga javob berding? Bola: — Atom zarrasida nechta molekula bor? - degan savolga 2 ta deb javob berdim. Otasi: —Atomda molekula 3 ta-ku?! Bola: — Hamma 1 ta deb javob berdi. Meniki to‘g‘ri javobga yaqin keldi.
Yigit: — Menga turmushga chiqsang, dunyoni istalgan shaharida dam olasan? Qiz: — Unday bo‘lsa, roziman! To‘ydan keyin. Yigit: — Mana, xohlagan joyda dam ol! Qiz: — Bu nima? Yigit: — Dunyo xaritasini rasmi tushirilgan gilam!