Bir odam yangi mashina sotib olibdi va unga xotini:
— Hozir yomon odamlar ko‘p, mashinani magnitafonini o‘g‘irlab ketishlari mumkin. Garajimiz yo‘q. Nima qilamiz? - debdi.
Eri o‘ylab, o‘ylab chorasini topibdi. Qog‘ozga: "Bu mashinada audio magnitafon, uyali telefon, hatto motori ham yo‘q", - deb yozib, yopishtirib qo‘yibdi.
Ertasiga ertalab chiqsa, mashinani oldida odamlar to‘planib turgan emish. Borib qarasa yopishtirib ketgan qog‘ozi tagida yana 1 ta qog‘oz paydo bo‘lib qolganmish. U qog‘ozni o‘qisa: "Audio magnitafon, uyali telefon, hatto motoriyam yo‘q mashinaga 4 ta balonni nima keragi bor? - deb, yozib qo‘yishgan ekan.
Podsho uzoq muddatlik ovga ketgan edi. Boshqa mamlakatdan elchi kelib qoldi. Vazir uni parvarish qilishni Afandiga topshirdi. Afandi har kuni oshpazga tayinlab, elchini qirg‘ovul, bedana, kaklik go‘shtlaridan tayyorlangan sara ovqatlar bilan boqar edi.
Oradan besh-o‘n kun o‘tdi, qush go‘shti elchining me’dasiga tegib, u oshpazdan so‘qim go‘shtidan ovqat tayyorlab berishni iltimos qildi. Oshpaz uning tiliga tushunmay, vazirga murojaat qildi. U ham tushunmay Afandidan tushuntirib berishni iltimos qildi.
Afandi elchi huzuriga borib, imo-ishoralar bilan maqsadini so‘ragan edi, u ikki qo‘lini boshi ustiga shoxga o‘xshatib, o‘z tilida allanarsalar dedi, Afandi sira ham tushunmadi.
— Elchi nima xohlar ekan?— so‘radi vazir.
— Elchining ikki qo‘lini boshi ustiga ko‘targani uning podshoni ko‘rmoqchiman degani,— deb javob berdi Afandi.
Afandi bir kuni kechasi qabriston yonidan o‘tib ketayotgan edi, qarshidan bir to‘da otliqlar chiqib qoldi. Afandi ularni o‘g‘ri gumon qilib, bir ochiq go‘r ichiga kirib berkindi. Otliqlar buni payqab Afandini o‘g‘ri deb o‘ylashdi, go‘rning tepasiga kelib:
— Sen kimsan?—deyishdi.
— Murdaman,— dedi Afandi.
— Murda bo‘lsang kechasi nima qilib yuribsan?
— Tomosha qilib yuribman.
— O‘lik ham tomosha qilib yuradimi?
— Rost aytasizlar, men xato qilibman,— dedi Afandi va yana go‘r ichiga kirib ketdi.
Yangi o‘zbekning bolasi institutga kirish uchun tarixdan ijodiy imtihon topshirmoqda.
Imtihon oluvchi:
— Xo‘sh, aytingchi, rus-yapon urushi qaysi mamlakatlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan?
— Variantlar bormi, domla?
3 ta o‘rtoq avtobusga chiqishibdi.
Tushadigan bekatiga yetib kelgach, avtobusdan tushib qarashsa uchinchi o‘rtog‘i yo‘q emish.
Avtobusda ketib qolibdi deb unga qo‘ng‘iroq qilishibdi.
— Qayerdasan do‘stim? - deyishsa,
— Avtobusda, birga ketvammizku, - debdi.
— Boshingni ko‘tarib qara-chi, - deyishibdi o‘rtoqlari.
Haligi bola qarasa, o‘rtoqlari allaqachon tushib ketgan ekan.
"Kamroq telefonda o‘yin o‘ynash kerak edi", - deb avtobusdan yugurib tushib ketgan ekan.
Chaqaloq tug‘ilganidan gapirishni boshladi.
Birinchi so‘zi hola ekan, xolasi vafot etibdi.
Keyin tog‘a degan ekan, tog‘asi ham o‘lib qolibdi.
Keyin dada degan ekan qo‘shnisi o‘lib qolibdi.
Bola qizning orqasidan yugurmoqda:
— Hoy qiz, hoy qiz.
— Ha tinchlikmi?
— Kechirasiz, mabodo avtobusda sizning zontigingiz qolib ketmadimi?
— Voy, ha unutibmanku...
— Unda avtobusning orqasidan yuguring, hali uzoqga ketgani yo‘q...
"Odno"da sevishib qolganlarni telefondagi suhbati:
— Salom, siz "odno"dagi "Jajjigina qizaloq adasini erkasi" misiz???
— Ha, menman(past ovozda pichirlab)
— Men, Farhod akangizman tanidingizmi? Telyefon nomeringizni bergandiz.
— Tanidim(pichirlab)
— Nega pichirlab past ovozda gapirayapsiz???
— Voy, yonimda nevaram uxlayotgandi, uyg‘onib ketmasin, - dermish
Bir bangi tolni salqinida pista chaqib o‘tirgan ekan, qo‘lidan bir dona pista yerga tushib ketibdi. Shunda haligi bangi pistaga qarab:
— Ey, yonimga kel, - debdi.
Lekin pista joyidan qimirlamabdi.
Shunda bangi:
— Ey, yonimga kel deyabman, - debdi.
Lekin pista joyida turoveribdi.
Shundan keyin haligi bangi 5-6 ta pistani yerga sochib:
— Hoy, menga anavi pistani ushlab kellaring, - debdi.
— Oyijon men 16 yoshga to‘lganimga 1 yil bo‘ldi, Nega menga labimni bo‘yashga hali ham qattiq qarshilik ko‘rsatyapsiz?
— Diilshooooooood o‘chir ovozingni!