Boshliqlar haqida latifalar

Jinoyatchilar guruhi tomonidan zaharlangan pullar xayriya fondiga topshirilibdi.
Nima uchundir barcha boshliqlar va nazoratchilar zaharlanibdilar.
Muhtojlardan birortasi ham zaharlanmabdi.
— Boshlig‘ingni kayfiyati yaxshi ekanini qayerdan bilding?
— Maoshimni oshirishni so‘rasam, rosa kuldi-ku!
Boshliq chiroyli kotibasini maqtayotganmish:
Barakalla, bor-yo‘g‘i 2 ta xato. Juda yaxshi. Endi 2-so‘zni yozing.
Bir hokim xalqni oldiga chiqib:
— Hurmatli hamshaharlar! Bundan bir yil oldin ham yaxshi yashaganmiz, hozir ham yaxshi yashayapmiz, bundan keyin ham yaxshi yashaymiz! – desa, xalq orasida:
— Bizlar-chi??? – degan savol bo‘pti.
Hamma rahbarlarni gapi bir xil!
“Ishlamasang bo‘sha! O‘rningga boshqa odam topaman!”
Lekin mehnat ta’tiliga chiqish uchun ariza yozsang:
“Ishni kim qiladi?” “Sizdan boshqasi tushunmaydi, qila olmaydi...!”
— Baxtiyor, qayerda yuribsan? Seni yarim soatdan beri boshliq qidiryapti.
— Boshliqqa aytib qo‘y! Yaxshi xodimni topish juda qiyin!
Bir odam yangi ishga kiribdi. Nuqul ishxonaga bir yigit soat 11:00 da kelib, kompyuterda o‘tirib, biror ish qilmasdan ketaverarkan.
U odamniyam jahli chiqib, ertasi kuni u ham soat 11:00 da kelsa, unga hayfsan berishibdi.
— Nimaga? Anavi yigit har kuni 11:00da ishga keladi. Unga hech narsa demaysizlar-ku! - desa, boshlig‘i:
— U yigit mehnat ta’tilida-ku! - degan ekan.
Boshliq xonasiga xodim kirib:
— Ruxsat bersangiz, bugun uyga ertaroq ketmoqchi edim... - desa, boshliq:
— Qancha ertaroq? - deb so‘rabdi.
Xodim bo‘lsa:
— 480 minutga erta javob bersangiz... - degan ekan.
Boshliq:
— Sizga berilgan topshiriqni qancha muddatda bajarasiz?
Ishchi:
— Bir hafta muddat bersangiz, bir soat ichida bajaraman!
Bir ishchi boshlig‘iga qo‘ng‘iroq qilib debdi:
"O‘rtoq boshliq, siz bizni telefondagi barcha suhbatlarimizni eshitib borishingizni, hamma ishlarimizdan xabardor ekaningizni aytgandingiz. Bugun menga xotinim ishdan qaytishda bozordan nimalar xarid qilishni aytgan edi. Eslolmayapman, ayta olmaysizmi?!"