Harbiylar haqida latifalar

Uch yigit harbiy bilim yurtini bitirib, xizmatga kelishibdi. Polkovnikni yoniga kirib debdi:
— O‘rtoq polkovnik xizmatni davom ettirishimiz uchun ixtiyoringizga keldik. Polkovnik uchchalasiga qarab:
— Mayli, sizlarga uchta savol beraman. 2 soat ichida javobini aytasizlar. Birinchisi - ayollarga munasabatiz? Ikkinchisi - ichkilikka munosabatingiz. Uchinchisi - xizmatga munosabatingiz. Shu savollarga javob kutaman, - deb chiqarvoribdi.
2 soatdan keyin birinchisi kirib:
— O‘rtoq polkovnik, men ayolimga xiyonat qilmayman, ichkilik ichmayman, xizmat qilishni xohlayman, - debdi.
Polkovnik:
— Barakalla! Sen rota komandiri bo‘lasan, - debdi. Ikkinchisi kirib:
— O‘rtoq polkovnik men ichaman, xotinimga xiyonat qilaman, xizmat qilishni xohlamayman, - debdi. Polkovnik:
— Ha mayli, sen omborda ishlaysan, - debdi. Uchinchisi kirib:
— O‘rtoq polkovnik, aroq va qiz mashinada... Yana qanday xizmat buyurasiz, - debdi. Polkovnik bolani ko‘ziga qarab turib, telfonini olib, qo‘ng‘iroq qilibdi.
— Allo, xotin bugun uyga kechroq boraman. Yangi yordamchimga ob’ektlarni ko‘rsatib chiqaman, - dermish.
— O‘rtoq praporshik, samolyotdan sakragan vaqtim menga bergan mana bu parashyutingiz ochilmay qolsa-chi?
— Qaytarib olib kelasan, boshqasiga almashtirib beraman.
Starshina safdagi askarlarni oshxonaga olib ketmoqda.
— Bir, ikki! Bir, ikki! ...
Shu payt yosh bolakay kelib debdi:
— Amaki, men sanay qolay? O‘ngacha sanashni bilaman!
Chumoli va fil chegarani noqonuniy kesib o‘tishmoqchi bo‘lib, chegaraga yaqinlashishibdi. Shunda chumoli birdaniga yerga yotib olibdi. Fil hayron bo‘lib:
— Iye chumoli, nega yotib olding? - desa, chumoli:
— Sen ketaver do‘stim! Meni chegarachilar ko‘rib qoldi, - dermish
Bir kuni komandir qozok, rus va tojik askarlarni olib ovga boribdi. Komandir har bir askarga quyon ovlab kelish uchun vaqt beribdi.
Qozoq va rus o‘z vaqtida quyon ovlab kelibdi. Lekin tojikdan darak yo‘q emish.
Borib qarashsa, tojik bir bo‘rini tutib olib:
— Komandirga quyonman deb aytasan, - deb o‘rgatib turganmish.
Askar chegara buzg‘unchisini qo‘lga olibdi. Buzg‘unchi sigir terisini yopinib olib, mollar podasi orasida o‘tib ketayotganda chegarachi uni payqab qolibdi.
Buzg‘unchini qo‘lga tushirgan askarni qahramon deb atab, undan intervyu olishibdi:
— Ayting-chi, dushmanni qanday qilib qo‘lga oldingiz?
Chegarachi Vanya minbarga chiqib, hikoyasini boshlabdi:
— Davlat chegarasini muhofaza qilib, qamish orasida o‘tirar ekanman, yonimdan mollar podasi o‘tib qoldi. Kutilmaganda sigirlardan biri podadan ajralib chiqib, yonimga keldi-da: «Davlat chegarasiga olib boradigan yo‘lni ko‘rsatib yuboring, iltimos», deb qoldi. Ana shundagina miyam ishlab, u begona sigir ekanligini fahmlab qoldim. Axir, mahalliy mollar yo‘lni yaxshi bilishadi-ku!
Bo‘linma komandiri:
— Kim paxta terimiga boradi?
— Men, - deb safdan chiqibdi ikkita askar.
— Barakalla!, - debdi komandir, — Sizlar men bilan mashinada, qolganlar esa piyoda qadam bos!
Muddatli harbiy xizmatga yangi chaqirilgan oddiy askar chodirli shaharcha yo‘lagi bo‘ylab ketar ekan, yonidan o‘tayotgan generalga harbiycha salom bermay o‘tib ketibdi. Hayron bo‘lgan general askarni to‘xtatibdi.
— Mening kimligimni bilasizmi, o‘rtoq oddiy askar?!
— Hoy, yigitlar! — qichqiribdi yosh askar, chodirli shaharchaga qarab, — Bu yoqqa kelinglar, maza qilasizlar. Mana bu qariya o‘zining kimligini esidan chiqarib qo‘yibdi.
Ofitser askarlarni mashq qildiryapti:
— Hamma o‘ng oyog‘ini ko‘tarsin.
Bir askar adashib, chap oyog‘ini ko‘tarsa, ofitser jahl bilan:
— Bu nima maynavozchilik? Kim u ikkala oyog‘ini ham ko‘tarib olgan?
Uchta askar - rus, qirg‘iz va o‘zbek kartada qimor o‘ynab o‘tirishsa, komandir kelib ko‘rib qolibdi. Askarlar kartalarni berkitishibdi. Komandir:
— Xizmat vaqtida qimor o‘ynab o‘tiribsizlarmi? desa,
Rus askar:
— O‘ynamadim, o‘lay agar, - debdi.
Qirg‘iz ham:
— Til tortmay o‘lay, kartam umuman yo‘q, - debdi.
ShUnda o‘zbek askar:
— O‘rtoq komandir, manavi ikkita o‘liklar bilan karta o‘ynab bo‘ladimi axir...?! - dermish.