Jinoyatchilar haqida latifalar

Jinoyatchilar guruhi tomonidan zaharlangan pullar xayriya fondiga topshirilibdi.
Nima uchundir barcha boshliqlar va nazoratchilar zaharlanibdilar.
Muhtojlardan birortasi ham zaharlanmabdi.
Qamoqxonada bir mahbus ikkinchisidan so‘rayapti:
— Sen o‘zi bu yerga qandan qilib kelib qolgansan?
— Aksirganim uchun kelib qoldim.
— Seni koronavirus bo‘lgan deb o‘ylashdimi?
— Yo‘q. O‘g‘rilikka tushganimda aksirib, qorovulni o‘yg‘otib yuborganman.
Avtobusda:
— Xolajon, sumkangiz ochilib qolibdi.
— Voy bolajonim rahmat! Boshqa bir insofsiz bo‘lganda hamyonimdagi pullarni o‘g‘irlab olardi.
— 100 ming so‘m ham pul bo‘ptimi xolajon?!
— O‘zimni ko‘cha bezorilaridan himoya qilish uchun qaysi sport turi bilan shug‘ullansam bo‘ladi?
Sambo bilanmi yoki karate bilanmi?
— Yugurish bilan shug‘ullan!

Er-xotin ko‘chada aylanib yurishgan ekan, oldidan bezorilar chiqibdi:
— Qimmatli narsalaringni ber! - debdi bezorilar.
Xotin eriga yolvoribdi:
— Iltimos, meni berib yuborman!
Eri:
— Jinnimisan?! Qimmatli deyapti!

— Kechirasiz, shu yaqin-atrofda militsiyani ko‘rmadingizmi?
— Yo‘q, ko‘rmadim.
— Unda hamyoningni ber ovsar!
Firibgarlar plastik kartamdagi pullarimni o‘g‘irlab olmasliklari uchun oylik maoshimni bir kunda ishlatib tashlayapman. Ajab bo‘pti o‘g‘rilar!
— Siz firibgarlikda ayblanmoqdasiz! Mijozlaringizga umrni uzaytiradigan dorilar sotar emishsiz... Buning uchun avval ham sudlanganmisiz?
— Ha, 1800, 1890 va 1910 yillarda sudlanganman.
Mahbus xotinidan xat olibdi. O‘qib chiqqach, kameradoshlari:
— Xotining nima deb yozibdi? - desa, mahbus:
— E, o‘g‘lim ikkinchi yil ham beshinchi sinfda qoladigan bo‘pti… Oilamizni sharmanda qilibdi yaramas! - dermish.

— Do‘stim, nega ko‘rinmay ketding?
— Do‘kon ochgandim.
— Zo‘r-ku!
— Meni 2 yilga qamab qo‘yishdi.
— Nega? Do‘konni yomon yo‘l bilan ochdingmi?
— Yo‘q, lom bilan ochgandim.