Oʻqish-maktab haqida latifalar

Institut hovlisida bir talaba imtihonga kech qolayotgan do‘stini kutib turibdi. Bir payt unga qo‘ng‘iroq qilib debdi:
— Allo, o‘rtoq qayerdasan?
— Mana-mana, institut darvozasidan kirib kelyapman...
— Uyingdan fleshkani olish yodingdan chiqmadimi ishqilib?!
— Voy do‘stim, yaxshi-yam eslatding. Hozir ovolaman.
Bir talaba institut hovlisida ketayotsa, ro‘parasidan soqoli o‘sgan professor kelayotgan ekan.
— Kechirasiz ustoz, siz uxlaganingizda soqolingizni ko‘rpaning tagiga ko‘yasizmi yoki ustida turadimi? - debdi talaba professorni to‘xtatib.
— Bilmayman. Ahamiyat bermagan ekanman, - deb javob beribdi professor.
Oradan bir hafta o‘tgach, talaba institut hovlisida professorni uchratib qolsa, professor jahl bilan unga dyebdi:
— Yaramas, bir haftadan beri uxlay olmayapman! Soqolimni qayerga qo‘ysam ham noqulay bo‘lyapti!!!
Talaba adabiyotdan imtihon topshiryapti. Yozuvchini tug‘ilgan yili esida-ku, vafot etgan yili esida yo‘q ekan. O‘qituvchi:
— Yozuvchini vafot etgan yilini ayting!
Talaba:
— Uni o‘ldi deyishga tilim bormaydi. U men uchun doim tirik!
Maktabda o‘qiydigan bola adasidan so‘ramoqda:
— Ada, siz ko‘zingizni yumib imzo qo‘ya olasizmi?
— Ha, nima edi? – debdi adasi.
— Unday bo‘lsa, kundaligimga qo‘zingizni yumib, qo‘l qo‘yib bering...! – dermish bolakay.
— Odiljon, agar shunday yomon baholarga o‘qishda davom etsang, adangni boshida oppoq sochlar paydo bo‘la boshlaydi.
— Adam bundan juda-yam xursand bo‘ladilar!
— Nega unday deyapsan Odiljon?
— Chunki meni adam kal odam!
Pazandachilik kursida o‘qiyotgan qizdan onasi so‘rabdi:
— Dars paytida tayyorlagan taomlardan o‘zingiz ham yeysizlarmi?
Qiz yig‘lamsirab:
— Yeyishga majburlashadi, - degan ekan.
Imtihonda domla talabaga savol beryapti:
— Besh karra besh?
Talaba qo‘lidagi shpargalkaga qarab:
— Yigirma besh!
Domla ham qo‘li ostidagi shpargalkaga qarab:
— To‘g‘ri! Olti karra olti?
Talaba yana shpargalkaga qarab:
— O‘ttiz olti!
Domla ham shpargalkaga qarab:
— To‘g‘ri! Yetti karra yetti?
Talaba endi shpargalkaga qaramoqchi bo‘lgandi domla uning qo‘lini ushlab qoldi. Talaba o‘ylanib:
— Qirq yetti, - dedi.
Domla endi shpargalkasiga qaramoqchi edi talaba xam uning qo‘lidan ushlab qolsa, domla ko‘p o‘ylamay:
— To‘g‘ri, - dermish.
— Oyi, nega hamma qizlar meni maktabda xayolparast deyishadi?
— Qizim, sen bu yerda emas, qo‘shni hovlida yashaysan.
Birinchi talaba ikkinchi talabadan so‘radi:
— Sizningcha, birinchi bo‘lib, qaysi vahshiy jonivorlar paydo bo‘lgan?
— Ilk davrlarda Rektozavrlar paydo bo‘lgan. U o‘z zahira manbai qilib Dekanazavrlarni chorlay boshlagan.
— Dekanazavrlar nima bilan oziqlangan?
— Bu davrga kelib, Talabazavrlar dunyoga kelgan. Ular bir yilda ikki martta o‘z boshidan og‘ir kunlarni o‘tkazishgan.
Bu davr Sessionlik davridir. Bu davrda ko‘pchilik talabalar qirilib ketgan. Faqatgina chaqqon Talabazavrlar Tankazavrlar orqali jon saqlab qolishgan.
Imtihonga kirgan talabadan o‘qituvchi so‘rabdi:
— Ismingiz nima?
Talaba kulib:
— Akbar, - deb javob beribdi.
— Nega buncha xursand bo‘lyapsiz Akbar? – debdi o‘qituvchi.
— Birinchi savolingizga aniq va lo‘nda javob berdim, - debdi talaba.