Onasi qiziga maslahat bermoqchi bo‘libdi:
— Qizim, ishxonangdagi Qodirjon degan yigitni ko‘zda qochirmagin...
— Oyi, nimalar deyapsiz?! Men 20 yoshdaman, u esa 40 da-ku!
— Nima bo‘pti!? Ammo uni 2 ta uyi, mashinalari, kattagina biznesi bor!
— Bundan tashqari oyijon, uni 4 ta bolasi, 3 ta xotini va 2 martta sudlanganligi ham bor!
Iltimos, mol-mulklarimni qizil kitobga kiritsangiz. Ular butunlay yo‘qolib ketish arafasida!
Bir harbiy odam uyiga kelsa, xotini nolibdi:
"Bugun kun bo‘yi biror martta o‘tirmadim. Faqat tik oyoqda bo‘ldim..."
Buni eshitgan er xotiniga debdi: "50 marotaba o‘tirib-turilsin!"
— Kabob pishirayotgan nima uchun yelpib turishadi?
— Ko‘mir yaxshi yonishi uchun.
— Yo‘q. Qo‘shnilarga kabob hidi yaxshiroq yetib borishi uchun.
Yangi sotilayotgan telefon ekranlarida ham sigaret qutilaridek yozuvlar bo‘lishi kerak:
"Ko‘zingni nuridan ayrilasan!", "Bosh miya saratoniga olib keladi", "Rulda bo‘lsang, avariyaga uchraysan", "Xotining bilan janjallashib qolasan" va hakozo.
Amaldor chekka qishloqqa sayyor qabulga borib, xalq bilan uchrashibdi.
— Qanday ehtiyoj, muammolaringiz bo‘lsa, bizlar hal qilib beramiz, - debdi.
— Bizda ikkita katta muammo bor, - debdi bir oqsoqol. — Avvalo, bizda shifoxona boru, shifokor yo‘q.
Amaldor shartta mobil telefonidan kimningdir raqamini teribdi-da, bir chetga o‘tib 1-2 daqiqa gaplashibdi.
— Bu masalani gaplashib hal qildim. Shifokor ertagayoq shu yerda bo‘ladi. Endi ikkinchi ehtiyojingizni ayting-chi?
— Qishlog‘imizda mobil aloqa mutlaqo ishlamaydi, - debdi oqsoqol.

Bozorda tarvuz sotib o‘tirgan odamni yoniga xaridor kelib "Tarvuz shirinmi? Mazasini ko‘rsak bo‘ladimi?" desa, sotuvchi "Ha, albatta!" debdi.
Shunda haligi xaridor katta tarvuzni qo‘ltiqlab "Uyda ko‘rarmiz mazasini" deb indaman olib ketib qolgan ekan.

Doktor tantanavor ohangda!
— O ser! Sizning kasalingiz meditsinani boyitadigan bo‘ldi.
— O xudoyim-yey! Men bo‘lsam 5-6 dollar
bilan qutilarman deb o‘ylovdim.
Ertalabdan bog‘chaga ketayotgan bolakay hasrati:
"Oyijon, hamma institutlar, maktablar karantin deb yopildi, nega bog‘chalar ochiq?"
Tungi klubda “kayfi oshib” qolgan bir ayol baland ovozda debdi:
— Bu yerda erkak bormi o‘zi? Qani mard bo‘lsang kel, isbot qil!
Odamlar orasidan bir erkak kishi chiqib kelib, ko‘ylagi va paypog‘ini yechib ayolga uloqtirib debdi:
— Ushla, tez yuvib, quritib, dazmollab qo‘y!