Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bola onasidan so‘rapti:
— Oyijon, meni sizga kim bergan?
Onasi:
— Seni laylak tashlab ketgan! – debdi.
Birdan eshik qo‘ng‘irog‘i chalinibdi. Bola borib teshikdan qarab oyisiga:
— Oyi laylak ishdan keldi. Bozor qilib kelibdilar, - dermish.
Bemor doktor qabuliga kelib debdi:
— Doktor, men internetga juda qattiq bog‘lanib qolganman. Hecham undan ajrala olmayman. Agar shu kasalligimni davolasangiz, doim sizni xabarlaringizga “Layk” bosib turishga va’da beraman.
Yaqindagina qizini turmushga uzatgan ota deraza oldida turib qudalar bilan xayrlashayotganmish.
Ona:
— Hoy adasi, nima qilyapsiz? Uyat bo‘ladi-ya! – desa, otasini jahli chiqib:
— Nima qilay, shimimni ham kuyov sarpoga qo‘yib yuborgan bo‘lsang!? - dermish.
Chiroqlari o‘chirilgan xonada er divanda televizor ko‘rib yotsa, xotini yoniga kelib o‘tirdi-da, — Nima qo‘ryapsiz? – deb so‘rabdi.
Shu payt eri sekin xotinining qo‘lini, keyin bilaklarini, keyin belini silab turib, to‘xtab qolibdi.
Xotini kinoyali ohangda:
— Ha, nimaga to‘xtab qoldingiz? – desa, eri:
— Televizorni pultini ustiga o‘tirib olmadingmi deb qidirayotgandim. Mana topdim, - degan ekan.
Nafaqaga chiqgan boy amaki ov qilgani yoʻl olibdi. Ov qilib yursa, oldidan bir qurbaqa chiqib, tilga kiribdi:
— Meni oʻzingiz bilan olib keting. Uyingizga olib borib, menga boʻsa hadya etsangiz, men goʻzal qizga aylanaman...
Amaki oʻylanib turib:
— Mayli uyga olib ketaman. Lekin boʻsani hayolingdan chiqar! Goʻzal qizlar tiqilib yotibdi. Gapiradigan qurbaqa esa hech kimda yoʻq!
Bir yigit uyiga qo‘ng‘iroq qilsa, besh yoshli qizi olibdi:
— Oying qani?
Qizaloq:
— Tepadagi yotoqxonadalar. Bitta amaki bilan gaplashib o‘tirishibdi, - debdi.
Yigitni rangi o‘chib :
— Hoziroq tepaga chiqasanda, “Dadam keldilar!” deysan, keyin menga nima bo‘lganini aytasan! - deb buyuribdi.
Oradan besh daqiqa o‘tib qizaloq go‘shakni olib:
— Allo! Dada! Oyim zinadan yugurib tushayotib xalatiga uralashib yiqilib, "Voy-voylab" yotibdilar. Haligi amaki ikkinchi etajdan o‘zini hovuzga tashlab, suv yo‘qligi uchun uxlab qoldi, - desa, yigit hayron bo‘lib:
— Iye, uyimizda hovuz yo‘q edi-yu?!
— Dada, o‘zingiz qurdirdingiz-ku hovuzni... - debdi. Yigit battar ajablanib:
— Bu o‘zi Eshmatovlar xonadonimi? - deb so‘rasa, qizaloq:
— Yo‘q, ularniki emas - debdi.
Yigit telefoniga terilgan raqamlarga bir qarabdi-da, jilmayib:
— Uzr qizaloq, adashibman, - degan ekan.
Avtobusda bir odam aksiribdi. Hamma unga “Sog‘ bo‘ling” debdi. O‘sha odam yana aksiribdi. Yana unga “Sog‘ bo‘ling!” deyishibdi. Uchinchi marta aksirgandi bir kishi “Tushunmayapti shekilli. Budte zdorovы!” degan ekan.
Erimning shkafidan qog‘ozga o‘ralgan pulni topib oldim. Qog‘oz ustiga "Yaqinimga sovg‘a uchun!" deb yozilgan ekan. Xursand bo‘lib, cho‘ntagimdagi pullarni ham qo‘shib qo‘ydim. Menga olayotgan sovg‘asiga pul yetmay qolmasin dedim-da. Ertasi kuni qarasam, erim mashinasiga yangi g‘ildiraklar sotib olibdi. Shkafda esa pullar yo‘q...!