"Hayotda masofalar hech narsani hal qilmaydi" deydigan insonlarga hojatxonani uyingizdan 1 km uzoqqa quring-chi, ko‘ramiz hal qilmasligini degim keladi.
Bolakay otasidan so‘rabdi: — Dada, 2 ta savol bersam maylimi? — Mayli, so‘ra! — Birinchisi - menga yangi o‘yinchoq olib berasizmi? Ikkinchisi - nimaga yo‘q?
Maktabda uy ishi uchun “Mening ota-onam” mavzusida insho yozib kelish berilibdi. Bir o‘quvchi daftariga shunday yozib kelgan ekan. Ota-onalarimiz shunday yoshga kirishgan-ki, ularni tarbiya qilish va urishganlarida ajratishga bizning kuchimiz yetmayapti.
Afandining uyiga kelgan mehmon uch kunda ham ketmasmish. Ertalab afandi mushugini urishayotganmish: "Ket! uch kunlik mehmonga o‘xshab o‘tiraverasanmi?!"