Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
5 yashar bola 1,5 yashar ukasiga nimadir deb savol berdi. Ukasi hali go‘dak emasmi, o‘zicha nimadir deb g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir, deb qo‘ydi. Shunda 5 yashar bola ularni mehr bilan kuzatib turgan onasiga:
— Oyi, buniz tochniy o‘zbekmi, - debdi.
Mevalar suhbatlashib o‘tirishar ekan, yong‘oq maqtanibdi:
— Meni odamni miyasiga o‘xshatishadi - desa,
Olma: meni odamlarning yuziga o‘xshatishadi debdi.
Gilos: meni odamlarning qirmizi labiga o‘xshatishadi desa,
Banan: xijolat bo‘lib kelila temani o‘zgartirili - dermish.
Er xotiniga:
— Bitta ber, - debdi.
Xotini:
— Yo‘o‘o‘o‘o‘q!
— Kel jonim iltimos, bo‘lmay ketyapman...
— Yo‘q dedim, xozir berdimku?
— Yana bitta ber, keyin uxlaymiz.
— Uff, voyeyey, ammo bezor qivordiz, hozir bersam keyin so‘ramaysizmi???
— Yo‘q jonim, bo‘ldi oxirgisi, bugunga yetadi...
Xotin:
— Ana tokchada turibdi, bitta oling, sanab qo‘yganman, - desa.
Er:
— Tavba, endi sigaretniyam so‘rab cheksam, bu qanaqa zamon bo‘ldi!?, - dermish.
Og‘ir vaznli ayol taroziga chiqib, vrachdan so‘rabdi: — Bunaqa vaznga mos kelishi uchun bo‘yim qancha bo‘lishi kerak? Vrach: — To‘rt metr bo‘lishi kerak...!