Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Direktor yangi haydovchini ishga oldi. Birinchi ish kuni. Boshliq so‘roq qilyapti:
— Ismingiz nima?
— Familiyam Mahkamov.
— Men sizdan ismingizni so‘radim?
— Ismim Dadajon.
— Haydang Mahkamov.
139
Bir mijoz sotuvchini asabiga tegish uchun qiziqyapti:
— Kechirasiz, bu gumma ichidagi go‘sht tirikligida miyovlarmidi yoki vovullarmidi?
Sotuvchi ayyorona qarab javob berdi:
— Buni ichidagi go‘sht, tirikligida bo‘lar bo‘lmas savollar berar edi!
160
5 yashar bola 1,5 yashar ukasiga nimadir deb savol berdi. Ukasi hali go‘dak emasmi, o‘zicha nimadir deb g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir, deb qo‘ydi. Shunda 5 yashar bola ularni mehr bilan kuzatib turgan onasiga:
— Oyi, buniz tochniy o‘zbekmi, - debdi.
144
Mevalar suhbatlashib o‘tirishar ekan, yong‘oq maqtanibdi:
— Meni odamni miyasiga o‘xshatishadi - desa,
Olma: meni odamlarning yuziga o‘xshatishadi debdi.
Gilos: meni odamlarning qirmizi labiga o‘xshatishadi desa,
Banan: xijolat bo‘lib kelila temani o‘zgartirili - dermish.
138
Er xotiniga:
— Bitta ber, - debdi.
Xotini:
— Yo‘o‘o‘o‘o‘q!
— Kel jonim iltimos, bo‘lmay ketyapman...
— Yo‘q dedim, xozir berdimku?
— Yana bitta ber, keyin uxlaymiz.
— Uff, voyeyey, ammo bezor qivordiz, hozir bersam keyin so‘ramaysizmi???
— Yo‘q jonim, bo‘ldi oxirgisi, bugunga yetadi...
Xotin:
— Ana tokchada turibdi, bitta oling, sanab qo‘yganman, - desa.
Er:
— Tavba, endi sigaretniyam so‘rab cheksam, bu qanaqa zamon bo‘ldi!?, - dermish.
117
— Boks - eng zo‘r sport turlaridan biri!
— O‘zingiz boksersiz chog‘i?
— Yo‘q, men tish doktoriman.
161
Qo‘lida rangli qalam ushlagan bolachalik hech kim xonalarni bezata olmaydi.
42
— Jarohatlovchi qurolingizni o‘zingiz bilan olvoldingizmi?
— Ha, albatta. Mana, tilim joyida turibdi.
38
Bemor:
— Doktor, jigarim qattiq og‘riyapti.
Doktor:
— Tez-tez aroq ichib turasizmi?
Bemor:
— Voy har kuni ichaman, yordam bermaydi...
30
Har kuni kompyuterimdan Gugl xotirasini o‘chirib turaman.
Kasbimga oid bilimlarni internetdan qidirib topayotganimni hech kim bilib qolmasligi kerak.
32