Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Avtobusda bir odam aksiribdi. Hamma unga “Sog‘ bo‘ling” debdi. O‘sha odam yana aksiribdi. Yana unga “Sog‘ bo‘ling!” deyishibdi. Uchinchi marta aksirgandi bir kishi “Tushunmayapti shekilli. Budte zdorovы!” degan ekan.
Erimning shkafidan qog‘ozga o‘ralgan pulni topib oldim. Qog‘oz ustiga "Yaqinimga sovg‘a uchun!" deb yozilgan ekan. Xursand bo‘lib, cho‘ntagimdagi pullarni ham qo‘shib qo‘ydim. Menga olayotgan sovg‘asiga pul yetmay qolmasin dedim-da. Ertasi kuni qarasam, erim mashinasiga yangi g‘ildiraklar sotib olibdi. Shkafda esa pullar yo‘q...!
Mast holda uyga kelgan erini ko‘rib, xotinini jahli chiqibdi:
— Yana ichib keldingizmi? Ichgan joyingizga boring!
Er o‘zida yo‘q xursand, telefonini olib kimgadir qo‘ng‘iroq qilib debdi:
— Og‘ayni shoshmay turinglar! Men ham boraman! Ruxsat oldim!
Bir kuni ikkita qurt gaplashib o‘tirishsa, biri hadeb qimirlayveribdi.
Shunda yonidagisi unga qarab:
— Nega hadeb tipirchilaysan!? Ichingda qurting bormi? - degan ekan.
Bir kishi yarim kechasi qorong‘u ko‘chadan ketayotgan ekan, yo‘lidan bezorilar chiqib debdi:
— Qo‘lingdagi tilla soatni yech!
Haligi kishi:
— Voy dod! Yordam beringlar!!! - deb baqira boshlasa, yo‘lto‘sarlar:
— Iye, hali seni tilla tishing ham bormi?! - degan ekan.
Bir kishi Rossiyaga ketmoqchi bo‘lib yo‘lga otlanibdi-da, o‘g‘lini yoniga chaqirib debdi:
— Men ishlash uchun uzoqlarga ketyapman. Onangga qarab yur. Agar begona erkak bilan gaplashsa, hovli etagiga qurgan yangi imoratdan bitta g‘isht olib qo‘yasan. Qaytgach, shu imoratga qarab o‘zim bilib olaman.
Oradan bir yil o‘tib, haligi kishi uyiga qaytsa, o‘g‘li yo‘q emish.
— O‘g‘limiz qani? - deb so‘rabdi xotinidan.
— Jinnixonada yotibdi. Yangi qurgan imoratni yiqitaverib, jonga tegib ketdi, - dermish xotini.