Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bugun ertalab xotinim: — Dadasi, bugun oyim mehmonga kelar ekanlar, - dedi. Men o‘zimni iloji boricha xotirjam tutib: — Onajonimiz necha yoshda edilar? - desam, xotinim: — 58 yoshdalar, - dedi. Men yanada bosiqlik bilan: — Eshitmayapsanmi xabarlarni? Koronavirus 50 yoshdan oshganlarda ko‘p uchraydi. Mehmondorchiliklar ham vaqtincha to‘xtatilib turilishini-chi, eshitdingmi o‘zi!? Onangga ayt, men ular haqida qayg‘uryapman, - dedim-da ancha yengil tortdim. Bu so‘zni 16 yildan buyon shunaqayam aytgim kelardiki...
Ayol oshxonada ovqat suzayotsa, surbet, jonga tegib ketgan qo‘shnisi yana kirib kelib:
— Voy qo‘shni ovqatingiz pishdimi? Yana ovqatlanib ketarkanmanda... – debdi.
Jahli chiqqan uy egasi unga ham ovqatdan suzib, yeb o‘tirishsa, hovlidagi it irrillayveribdi.
— Qo‘shni, nega itingiz meni tanisa ham irrilayveradi? – desa, mezbon ayol:
— Chunki itim uni kosasida ovqat yeganlarni yoqtirmaydi, - dermish.
Bir odam daryoda cho‘ka boshlabdi. Bor ovozi bilan “Yordam bering! Pomogite! Help me!” deb baqirayotgan ekan, o‘tib ketayotgan bir kishi unga qarab:
— Shuncha tilni o‘rganguncha suzishni o‘rgansang bo‘lmasmidi?! – dermish.
Er semirib ketgan xotininga qarab turib:
— Onasi, suzishga qatnashsang bo‘larmidi... Qomating buzilib ketyapti! - desa, xotini:
— Kit degan jonivorni bilasizmi? Bir umr suzadi. Qani unda qomat?! - debdi.
Desantchilar parashyut bilan o‘quv-sakrash mashqlarini bajarishmoqda. Hamma vertolyotdan sakray boshlabdi. Bortda faqat bitta oddiy askar va praporshik qolibdi. Oddiy askar sakrashga hozirlanayotgan praporshikni to‘xtatibdi.
— O‘rtoq praporshik, onamning aytishicha, oxirgi bo‘lib sakragan kishining parashyuti ochilmas emish.
— Bema’ni gap!
— Shunday bo‘lsa ham, oxirgi bo‘lib sakrashni istamayman.
— Yaxshi, - debdi praporshik, - Sakra. Oxirgi bo‘lib o‘zim sakrayman.
Askar sakrab, havoda asta pastlab borayotsa, yonidan parashyuti ochilmagan praporshik baqirib tushibdi:
— Ha, o‘sha onangni!!!...
Xotin eriga debdi:
— Afrikada bir qabila bor ekan. U yerda erlar xotinini sotib yuborarmish. Agar biz o‘sha qabilada yashaganimizda, siz meni sotib yuborarmidingiz?
Eri debdi:
— Sotib o‘tirmasdim. Sovg‘a qilib yuborgan bo‘lardim.
Bir odam ruslarga tobut yasar ekan. Kunlarni birida tayyor tobutni yetkazib beraman desa, mashinasi buzilib qolibdi. “Buyurtmani kechiktirib bo‘lmaydi!” debdi-da, tobutni ko‘tarib olib borishga qaror qilibdi.
Ko‘chada ketayotsa, militsiya to‘xtatib so‘rabdi:
— Tobut boshingizga ko‘tarib olib qayoqqa ketyapsiz?
Tobut yasovchi odam militsiyaga:
— Ko‘milgan joyim yoqmayapti. Boshqa joy qidirib ketyapman, - degan ekan.
Bir yigit shartnoma bilan 10 yil Afrikaning chekka bir hududida ishlab kelibdi. Aeroportda uni do‘stlari kutib olishibdi. Yelkasida bitta maymuncha bilan do‘stlarini oldiga kelibdi. Bir do‘sti undan so‘rabdi:
— Ho‘sh do‘stim, u yerlar qanday ekan?
— Nimasini aytasan, juda issiq, suv yo‘q, ishlash qiyin...
— Kelin masalasi-chi? Uylandingmi?
— Oziq-ovqat ham taqchil ekan.
— Uylanish masalasi qanday ekan deyapmiz?
— Do‘kon ham yo‘q, biron nima olmoqchi bo‘lsang, 2 soat mashinada borish kerak.
— Ey, sendan ayollar haqida so‘radik, - deyishsa, yelkasida o‘tirgan maymuncha:
— Dada, sizdan onamni so‘rashyapti! – dermish.
Sport zalidan qaytgan er xotiniga debdi:
— Hamma joyim og‘rib ketyapti. Trenerim aytdiki, mushaklarim og‘risa, demak ular o‘sayotgan bo‘larkan.
Xotini erini boshiga bir urib:
— Og‘ridimi? Qani endi, miyangiz ham o‘sib qolsa edi...
Bir yigit do‘stini yoniga kelib dedi:
— Shifokorning aytishicha, mening sakkiz soatlik umrim qolibdi. Yur, tuni bilan shahar aylanamiz, bor pulimga restoranda o‘tiramiz.
Do‘sti unga:
— Ho-o, sen ertaga baribir uyg‘onmaysan. Men bo‘lsam erta turib ishga borishim kerak.