Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Lotereyada bir million yutib olgan odamdan intervyu olishyapti:
— Bu pullarni nimaga sarflamoqchisiz?
— Qarzlarimni to‘layman.
— Qolganlarichi?
— Qolganlari kutib turishadi...
171
Er xotin ovqatlanib o‘tirishibdi. Birdan eri xotinining boshiga shart etib urib qoldi. Shunda xotini:
— Ha, Nima bo‘ldi???
Er:
— Chappillatmasdan ye, - dermish.
Oradan 10 daqiqa vaqt o‘tgach eri yana xotiniga shart etib qo‘yib qoldi.
Shunda xotini:
— Ha, yana nima bo‘ldi, - desa
Eri:
— Boya chappillatganing esimga tushib ketti, - dermish
146
Shifokor bemorga:
— Teringizda kanalar bor ekan.
— Bilaman.
— Ularni biror nima bilan davolab ko‘rganmisiz?
— Yo‘q, ular hech kasal bo‘lishmagan!
129
— Nima uchun kasalning oldida shifokorlar lotin tilidagi so‘zlarni ko‘p ishlatishadi?
— Chunki ular, bemor o‘lik tilni tezroq o‘zlashtirsin deyishadida.
124
— Taq-taq!
— Kim bu?
— Bu men sevgiman! Kirsam bo‘ladimi?
— Yo‘qol palakat...!
148
Bir odam sahroda chanqab, zo‘rg‘a ketayotsa, uzoqdan bayroq ko‘rinibdi. Xursand bo‘lib, qarasa bir savdogar, galstuk-bo‘yinboq sotib turganmish:
— Ey, oshna suv ber hozir o‘lib qolaman, - desa.
Savdogar:
— Menda suv yo‘q, galstuk olmaysanmi?, - dermish.
— Galstugingni boshimga uramanmi? Suv ber, iltimos.
— Menda suv yo‘q! Xohlasang, anavi tepalik orqasida akamning oshxonasi bor, - deb o‘sha yerga jo‘natibdi.
Haligi odam bir soat o‘tgach, qaytib kelib:
— Ey, iflos galstuging necha pul o‘zi? Akang galstukingsiz oshxonaga kiritmas ekan-ku...
149
— Nimaga siz korxonangizga faqat uylanganlarni olasiz?
— Chunki ular stressga chidamli bo‘lishadi. Eng muhimi uyga umuman shoshilishmaydi.
30
Og‘ir bemor bolalarni davolanishiga budjetdan pul ajratib, deputatlarni maoshiga esa telegramdagi sahovatli qo‘llar kanallaridan pul yig‘sakmikan-a?!
43
Avvallari oylik maoshimni olgach, sayyohatga chiqishimni o‘ylasam, nima uchun ishlayotganimni tushunardim.
Hozir oziq-ovqatlarni narx-navosini ko‘rib, qornim ochmaganini tushunyapman.
29
Akula bilan itbaliq urisha boshlabdi.
Jahli chiqqan akula itbaliqqa "Itni bolasi" deb baqirayotganmish.
32