Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir kuni Axmadboy baliq oviga boribdi. Qarmogʻiga tilla baliq ilinibdi.
— Tila tilagingni! 3 ta tilagingni bajo keltiraman! – desa, Axmadboy:
— Sen shu 3 ta tilakni bajarish qobiliyatingni menga berib turgin! Kelgusi yil 6 ta qilib qaytaraman... – degan ekan.
Imtihonga kirgan talabadan o‘qituvchi so‘rabdi:
— Ismingiz nima?
Talaba kulib:
— Akbar, - deb javob beribdi.
— Nega buncha xursand bo‘lyapsiz Akbar? – debdi o‘qituvchi.
— Birinchi savolingizga aniq va lo‘nda javob berdim, - debdi talaba.
Bir o‘g‘ri hilvat ko‘chada yurib ketayotsa, orqasidan kimdir "To‘xta!" debdi.
Orqasiga sekin o‘girilib qarasa azroil turgan ekan.
— Qo‘rqitvarding! Men militsiyamikin debman, - dermish o‘g‘ri.
Qari qassobning ikki o‘g‘li bor ekan. Qayerda urush-janjal, qayerda o‘g‘irlik, bezorilik bo‘lsa aka-ukalarni qo‘li bo‘lar ekan.
Har qancha urinsa ham, o‘g‘illarini tarbiya qilolmagan otasi qishloq qozisiga murojaat qilibdi. Qozi ularni chaqirib kelishni buyuribdi. Ota ikki o‘g‘lini olib qozi huzuriga kelibdi.
Qozi katta o‘g‘ilni chaqirib "Uyat qani?", - deb so‘rabdi. Aka jim turaveribdi. Qozi: "Senga uyat qayoqda deyabman", - debdi. Yana jim turaveribdi.
Jahli chiqqan imom "Hoy bola, uyat qani deyabman" deb baqiribdi.
Shunda aka-uka turib qochishibdi.
Ukasi:
— Aka nima bo‘ldi, nega qochdik? - deb so‘rasa.
Akasi:
— Uka, qoch, qozining uyatini kesib ketishibdi, bizdan ko‘ryapti, - degan ekan.
Dangasa, ishyoqmas o‘g‘liga otasi savol berdi:
— O‘g‘lim, katta bo‘lsang kim bo‘lasan?
— Qorbobo bo‘laman dada, - javob beribdi o‘g‘li.
— Ie, nima uchun qorbobo? - ajablanib so‘rabdi otasi.
O‘g‘il javob qaytaribdi:
— Agar qorbobo bo‘lsam, bir yilda bir kungina ishlayman...