Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir kuni vrachlar ruhiy kasallar shifoxonasiga borib, bemorlarni sog‘ayganini tekshirish uchun hammasiga insho yozdirishib ko‘rishibdi. Hamma jinnilar tushunarsiz yozibdi. Lekin bittasini inshosini boshida:
"Men Varshavaga otda borish uchun yo‘lga chiqdim" deb yozilgan ekan. Vrachlar inshoning oxirgi varag‘ini ochishsa "Men Varshavada otdan tushdim" deb yozilgan ekan. Shunda vrachlar qiziqib o‘rta varaqlarni ochib o‘qishsa, "Taraqa-turuq, taraqa-turuq" deb yozilgan ekan.
Bir ayol bozordan yangi to‘ti sotib olib, uyga kelgach, qafasni yoniga boribdi-da:
— Xo‘sh, rang-barang mahluq, gapirishni bilasanmi? - desa, to‘tiqush birdan tilga kirib:
— O‘zing-chi, alvasti! Ucha olasanmi? - dyermish.
Ikki dugona turmush qurmaslikka qaror qilib birga yashasharkan. Zerikmaslik uchun bir mushuk ham boqisharkan. Fikrimiz buzilmasin deb mushukni hech qayerga chiqarishmas ekan. Mushuk har bahor ko‘chaga chiqgisi kelib, bezovta bo‘laverarkan.
Dugonalardan biri yaxshi yigit bilan tanishib turmushga chiqib, asal oyiga ketibdi.
Bir necha kundan keyin undan xat kelibdi: "Dugonajon, taqdiring o‘z qo‘lingda, ammo mushukni hoziroq qo‘yib yubor!".
Bir ayol taksi to‘xtatib:
— Tug‘ruqxonaga! Faqat sal tezroq...- debdi.
Vahimaga tushgan haydovchi mashinani shunaqangi uchrib ketibdi-ki, svetoforlarga umuman qaramasmush...
Orqa o‘rindiqda o‘tirgan ayol baqira boshlabdi:
— Nimalar qilyapsiz? Sekinroq haydang! Tug‘ruqxonaga ishlash uchun ketyapman! Vrachman! Homilador emas!!!
Go‘zal qiz bilan tanishdim. Husniga hamma mahliyo bo‘ladi. Lekin qarindoshlarim bilan tanishtiray deb, uyga olib borsam, ularga umuman yoqmadi.
Ayniqsa, xotinimga...
O‘qituvchi Abdullaga savol beryapti:
— Ayt-chi, bir xalta tilla va bir xalta aql turibdi. Qay birini olasan?
Abdulla:
— Albatta tillani, ustoz!
— Men aqlni tanlagan bo‘lardim.
— Kimga nima kamlik qilsa, shuni tanlaydi-da ustoz!
Bir cho‘pon qo‘y bilan shaxmat o‘ynab o‘tirgan ekan.
Buni ko‘rgan odamlar:
— Juda aqilli qo‘y ekan-mi?! – deyishsa, cho‘pon:
— Nimasi aqilli!? 2:1 ga yutqizyapti, - degan ekan.
Bir yigit pivoxonaga kirib bir bokal pivo ichib:
— Qancha berishim kerak? - desa, barmen:
— Uch yuz, - debdi.
Haligi yigit cho‘ntagidan bir hovuch tanga chiqarib, uch yuzini sanab, rastani ustiga sochib tashlab, chiqib ketibdi.
Barmen hayron qolaveribdi. Ertasiga o‘sha yigit yana kelib bir bokal pivo ichib, debdi:
— Pivo haliyam uch yuzmi?
— Ha, uch yuz!
Yigit cho‘ntagiga qarab:
— Mayda yo‘q ekan. Mana besh yuz! Ikki yuz qaytimini ber! - deb bitta besh yuztalik beribdi. Barmen ham kechagi qasdini olmoqchi bo‘lib, ikki yuz tiyinni polga sochib:
— Ana qaytimi, terib ol! - debdi.
Yigit bir barmenga, bir polda sochilib yotgan tiyinlarga qarab, cho‘ntagidan yuz so‘mlik tiyin chiqarib, rastani ustiga sochib tashlabdi-da:
— Menga yana bir bokal pivo, - dermish.