Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Badavlat bir odam kasal bo‘lib qolibdi. Yaqin qarindoshi vrachga:
— Aytingchi doktor, umid qilsam bo‘ladimi?
Vrach unga:
— Umid qilmang, bu bor-yo‘g‘i oddiy shamollash...
Notanish nomerdan qiz bolaga sms keldi.
— Sevganiz bormi?
— Ha, bor. Kim bu?
— Bu men dadangman, uyda gaplashamiz.
5 minutdan so‘ng boshqa nomerdan sms:
— Sevganiz bormi?
— Yo‘q kim bu?
— Bu men sevganing. Demak mendan or qilar ekansan-da.
— Yo‘q, dadam sinab ko‘rayotgandi. Shunga yo‘q dedim.
— Bu yana men, dadang, uyga boray ko‘rasan.
Choyxonada:
— To‘xtanglar, birinchi bo‘lib men ichaman.
— Nega bunday deyapsan Timur?
— Dadam ichayotganimni bilib qolibdi: "ikkinchi ichganingni eshitmay", - degan edilar...
Podsho Afandiga ikki yuzta qo‘y berib, ta’kidladi:
— Shu qo‘ylarning sonini kamaytirmay qo‘zilatib, boqib berasan, — sut-qatig‘i xizmatingga!
Afandi qo‘ylarni haydab sahroga chiqib ketdi. Qarasa: poshsho uni aldab, sovliq emas, hammasiga qo‘chqor bergan ekan. Afandi ham qo‘ylarni bir chekkadan so‘yib yeya berdi, Qo‘ylar tugagach, podshoning muhlati ham tugadi. Afandi uyiga qaytib keldi, ammo o‘rdaga bormadi.
G‘azablangan podsho Afandining uyiga yasovul yuborgan edi, u: «Afandi tug‘ib yotgan ekan» degan xabarni keltirdi.
Tutoqib ketgan podsho Afandining uyiga kelib chaqirgan edi, Afandining xotini bunday javob berdi:
— Afandi tug‘ib yotibdilar, ishingiz bo‘lsa aytib keta qoling, aylanay, o‘zlari hech yerga chiqolmaydilar.
— Iya, er kishi ham tug‘adimi? Bu qanday noma’qulchilik!— qichqirdi podsho.
podshoga javoban xotinining yonida turgan Afandi der edi:
— Taqsirimning qo‘chqorlari tuqqanda, men tug‘sam ajablanadigan joyi bormi?!
Afandi podshoga vazir edi. Podsho nihoyatda ahmoq bo‘lib, chet ellardan kelgan elchilar, olimlar, sayyohlar oldida bo‘lar-bo‘lmas gaplarni aytib, hadeb, o‘z ahmoqligini oshkora qila berar, Afandi doim undan xijolat bo‘lib, uning gaplarini shuvagani-shuvagan edi. Kunlarning birida Afandi bozor bo‘lganidan podshoga dedi:
— Bundan keyin birov bilan gaplashayotganingizda, oyog‘ingizga ip bog‘lay-da, bir uchini ko‘rpacha tagidan ushlab turay, to‘g‘ri javob bersangiz yoki o‘rinli savol tashlasangiz tek turaveraman, aynisangiz, ipni asta tortib qo‘yaman.
Bu gap podshoga ma’qul tushdi. Bir mamlakatdan elchi kelganda xuddi shunday qilindi. Elchi kirib o‘tirishi bilan podsho so‘radi:
— Qalay, mamlakatingizda it, mushuklar semizmi? Afandi ipni sekin tortdi, podsho gapdan to‘xtagandan keyin, Afandi elchiga bu gapning «ma’no»sini izohlay boshladi:
— Shohimiz shunday teglik gapiradilarki, it, mushukning semizligi xalqning osoyishta va farovon turmush kechirishini ko‘rsatadi.
Elchi bu gapdan kanoatlanib, podshoga ta’zim qildi. Buni ko‘rib podsho Afandiga o‘shqirdi:
— Ahmoq, shunday chuqur gap aytgan bo‘lsam, nega ipni tortding!
Afandini bog‘iga o‘g‘ri tushipti, uni ko‘rib qolgan afandi baqirib o‘g‘riga do‘q qilipti:
— Uyalmaysanmi birovni bog‘ida o‘g‘rilik qilgani?
O‘g‘ri:
— O‘zing nimaga xotininga yangi ko‘ylak obermaysan?
Afandi:
— Seni o‘g‘riliging bilan meni xotinimni ko‘ylagini nima aloqasi bor???
O‘g‘ri:
— Gapni kavlasa, gap chiqaveradi-de - degan ekan.