Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir yigit millionerning qiziga uylanib boyib ketibdi. Uning uyiga bolalikda birga o‘sgan do‘sti mehmonga kelibdi. Xotini choy damlashga chiqib ketgan paytda:
— Og‘ayni bu qizga nega uylanding? Bunchalik xunuk qiz bo‘lmasa, ko‘ziyam g‘ilay, yurishi ham neto, uning ustiga duduq ham ekan, - deb shivirlab past ovozda gapirsa...
— Shivirlamay qattiqroq gapiraver, baribir eshitmaydi, - dermish
Xotin eriga:
— Dadasi, esingizdami siz bilan tanishgan kunimiz rosa chaqmoq chalib shamol bo‘lganidi?
Eri:
— Ushanda ona tabiat mani havfdan ogohlantirgan ekan, man ahmoq buni tushunmagan ekanman.
Ishxonada birga ishlaydigan juvon erining suyuqoyoqligidan nolib gapirib, u bilan ajrashmoqchi bo‘layotganini aytgan ekan, dadam uni fikridan qaytarishga urinibdi:
— O‘ynash degani nosga o‘xshagan bir narsa, humori tutganda chekiladi-yu, keyin tuflab ketilaveradi, singlim. Ming marta shukur qilingki, siz eringizning nosqovog‘isiz.
Radioga qo‘ng‘iroq:
— Salom, meni ismim Teshavoy! Men kecha diplomat topib olgandim. Ichida 50 ming Yevro va pasport bor ekan. Menimcha diplomat egasini pasporti shekilli, ismi Boltavoy ekan, shu birodarimizga yaxshilik qilmoqchiman.
— Rostanam, pullarini qaytarib bermoqchimisiz?
— Yo‘q, shu odamni nomiga bir qo‘shiq qo‘yib berishingizni so‘rayman.
— Iye, qanaqa qo‘shiq?
— "KAYFUYeM" degan qo‘shiqni qo‘yib bersangizlar degandim!
Bir kishi dengiz bo‘yiga kelib: “Agar ushlab olsam, qovurib yeyman!” deb baqirayotgan ekan. — Nimaga bunday deyapsan? - deb so‘rashsa, haligi kishi: — “Oltin baliq” ushlab olib, undan Ferreri so‘ragan edim. Baliqni darhol qo‘yib yubordim-da, mashinani ichidan meni nomimga rasmiylashtirilgan 700 ming dollarlik kredit qog‘ozi chiqdi.
Morgda: — Bu ikkalasi koviddan vafot etganmi? — Ha. — Bittasini boshi yorilgan-ku?! — Bozorga tibbiy niqobsiz kiribdi. — Ikkinchisiga pichoq urilgan-ku! — Bozorga go‘sht olishga borgan ekan. Qassobni oldida niqobsiz aksirib yuboribdi.