Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
— Allo, adasi uyimiz yonyapti!
— Namuncha vahima qilasan?! Har kuni yonmayapti-ku!
30
Ajoyib hayolparast ko‘chada bitta taqa topib olib o‘ziga-o‘zi debdi:
Ana endi 3 ta taqa bilan 1 ta ot bo‘lsa bo‘ldi!
32
Hozirgi yoshlarni bir sutka 25 soat vaqti "internetda o‘tirish"ga ketadi.
Bir oyda 30 kun san’atkorlarni yomonlab kommentariy yozishga ketadi.
35 yil umri bekorga o‘tib ketyapti. Lekin... 4 qator she’rni yodlay olishmaydi.
34
Bozorda bir ona bolasini go‘sht sotadigan amakini yoniga yuborib debdi:
— Borib ayt, mana bu pulga 2 ta oyoq berar ekansiz degin.
Bolakay birozdan keyin molni oyoqlarini ko‘tarib kelib onasiga:
— Oyi, shuncha kutdim, amaki o‘zini tuyog‘ini yechmadi. , - degan ekan.
36
Bir kuni eshak tatuirovka chizdiraman deb zebra bo‘lib qolibdi.
26
— Bundan buyon o‘g‘limizni tarbiyasi bilan o‘zim shug‘ullanaman,
— Juda yaxshi. Faqat o‘g‘limiz emas, qizimiz bor.
38
Qamoqxona kamerasiga kirgan yangi mahbus qarasa, hamma mahbuslar karam yeb o‘tirgan ekan.
— Echkiga o‘xshab karam yeb o‘tiribsizlarmi? - debdi.
O‘ziga kelgach, sekin o‘rnidan turib:
— Urmasdan sekin tushuntirsalaring bo‘ladi-ku, itga o‘xshab tashlanmasdan, - debdi.
32
— Yolg‘onchi! Sen menga so‘z berib, so‘zingda turmading!
— Xafa bo‘lma! Istasang, yana so‘z beraman.
24
Restoranga kirgan ikki sevishganlar bir-biriga termulib:
— Seni yeb qo‘yaman. Juda shirinsan!
— Sizni ham... - deb o‘tirishsa, oldilarida turgan ofitsiant:
— Ichishga-chi? Biror narsa olib kelaymi? - dermish.
21
Koptokdan o‘rganing! Qanchalik uni qattiq ursangiz, shunchalik balandroq sakraydi.
35