Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Boshliq xodimni chaqirib so‘rabdi: — Siz tushlarni o‘ngidan kelishiga ishonasizmi? — Ha, ishonaman, - debdi xodim. — Unda siz ishdan bo‘shadingiz, - debdi boshliq.
Eshitishimizcha ba’zi gazeta nashrlari koronavirus tufayli yuz bergan tualet qog‘ozi tanqischiligi sababli, oxirgi sahifalarni tualet qog‘ozi uchun bo‘sh qilib chiqarmoqda ekan
Afandi eshigi oldidagi supachada talqon yeb o‘tirardi. Endi talqonni og‘izga solaman deganda shamol esib, talqonni uchirib yuboribdi. Og‘izga hech narsa tushmabdi. Shu holat 2-3 marta takrorlanibdi. Qo‘shnisi devordan mo‘ralab: — Hoy qo‘shni nima yeyapsiz? – desa, afandi: — Shamol to‘xtamasa, hech narsa! – dermish.
Bir kuni Afandi choyxonaga eshagi bilan borib, eshagini tashqariga bog‘lab qo‘yibdi.
Biroz vaqt o‘tgach, chiqib qarasa eshagi yo‘qmish...
— O‘g‘ri, o‘g‘ri! Eshagimni o‘g‘irlab ketishdi! – deb baqira boshlabdi.
Odamlar yig‘ilibdi. Afandi yana debdi:
— Eshagim yo‘q! Shu yerga bog‘lab ketgan edim. Agar bordi-yu eshagim topilmas ekan, otam qilgan ishni qilaman hozir! – debdi.
Odamlar hayron qolib “Otangiz nima qilganlar?” deb so‘rayverishibdi.
Shunda afandi:
— Otamni ham eshagi yo‘qolib qolganda, uyga piyoda ketganlar, - degan ekan.
Baland binoning 8 qavatidan yiqilib tushgan odam yerda yotsa, yoniga bir kishi kelib:
— Tinchlikmi, nima bo‘ldi? – desa, haligi yiqilgan odam:
— Bilmadim. O‘zim hozirgina keldim, - debdi.
Bitta ko‘r bilan bitta g‘ilay bo‘lgan ekan. Kunlarni birida ular urishib qolibdi. Ko‘r qo‘lini musht qilib:
— Qayerdasan? Chiq bu yoqqa! – desa, g‘ilay:
— Ha?! Bir o‘zimga ikkoving urishasanmi?! – debdi.
O‘rmonda ochlik boshlanib, arslon yegulik topa olmay qolibdi.
Shunda arslon hamma hayvonlarni bir joyga yig‘ib shunday debdi:
— Eng qo‘rqoq, eng kichkina hayvondan yeyishni boshlayman! O‘zing bilib o‘rtaga chiqaver!
Bir payt quyon o‘rtaga sakrab chiqib:
— Nega arslon akamni kutishga majbur qilasanlar?! O‘zlaring bilib, tezroq chiqmaysanlarmi?! – dermish.