Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bozorda ishbilarmon odam tarvuz sotayotgan ekan. Uni ishbilarmonligini qarang! 1 ta tarvuz 3 ming, 3 ta tarvuz 10 ming deb yozib qo‘yibdi. Bir xaridor yoniga kelib: — Sen xaridorni chalg‘itmoqchi bo‘ldingmi?! Hozir men 1 tadan 3 ta tarvuz sotib olaman 9 ming so‘m bo‘ladimi? - debdi. Sotuvchi: — Ha, shunaqa bo‘ladi, - deb 3 ta tarvuzni sotib yuboribdi. Xaridor ketayotib: — Savdo qilishni bilmas ekansan! - deb kulib ketibdi. Sotuvchi bo‘lsa: — Menga aql o‘rgatishini qara! 1 ta tarvuzni o‘rniga 3 tadan sotib yuboryapman-ku! - debdi.
Uylanganiga ko‘p bo‘lmagan yigit do‘stiga: — Shu kunlarda bir narsani tushundim. Do‘sti: — Nimani? — Odam ato eng baxtli er bo‘lgan ekan. — Nega? — Chunki uni qaynonasi bo‘lmagan!
Boshliq majlis o‘tkazyapti: — Sattorov! Siz umuman ma’suliyatni his qilmayapsiz! Ishga kech kelasiz! Topshiriqlarni bajarmaysiz! Bunday davom etaversa, siz bilan birga ishlay olmaymiz! - desa, Sattorov o‘rnidan turib: — Boshliq, qayoqqa ketmoqchisiz? - dermish.
Ishonchim komil! Oradan 50 yil o‘tib nabiralarim meni shu kunlarda uydagi divanda televizor ko‘rib yotganim haqidagi hikoyalarimni eshitib "Buvajon, g‘alaba uchun rahmat" deb aytishadi.
Karantinda o‘tirish juda foydali ekan. Bitta paketga 2078 ta, ikkinchi paketga esa 3020 ta grechka donasini solib bizni aldab yurishgan ekan insofsizlar! Bugun shuni aniqladim!
Boshliq xodimni chaqirib so‘rabdi: — Siz tushlarni o‘ngidan kelishiga ishonasizmi? — Ha, ishonaman, - debdi xodim. — Unda siz ishdan bo‘shadingiz, - debdi boshliq.