Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Pul to‘la hamyonim va IPhone 10 telefonimni yo‘qotib qo‘ydim. Topib bergan odamga 1 mln. suyunchi beraman. Falon raqamga qo‘ng‘iroq qiling ... - degan e’lon tagiga kimdir ruchka bilan yozib ketibdi: "Men 2 mln. beraman! Falon raqamga gudok tashasangiz bo‘ldi, o‘zim qaytib qilaman...!"
Meni 4 ta o‘g‘lim bor. Biri bankir, ikkinchisi o‘qituvchi, uchinchisi injener, to‘rtinchisi taksichi. Lekin hozir bittasi pul topyapti xolos. O‘zimni aqlli taksichi o‘g‘lim...!
Ikkita ovsin suhbati: — Oldingizda 2 ta qop turibdi deylik. Bir qop tilla bilan bir qop aql. Siz qaysi birini tanlagan bo‘lardingiz? — Aqlni tanlagan bo‘lardim, - debdi ovsin o‘zini ko‘rsatmoqchi bo‘lib. — Hamma o‘ziga yetmaganini oladida, - debdi ovsini.
Uchta og‘ayni gaplashib turganmish: — Men 3 kilometrgacha maska taqmay yura olyapman. — Men 5 kilometrgacha bemalol maskasiz yura olyapman. Uchinchi yigit yig‘lab: — Men 1 qadam ham maskasiz ko‘chaga chiqa olmayapman. Chunki uchaskovoy qo‘shnim bo‘ladi.
Vaqti kelib, nevarayu evaralarimiz bizning uydan chiqmay divanda yotib, pult bilan televizorni boshqarib yotgan hozirgi paytimizdagi suratlarimizni ko‘rib, biz bilan rosa faxrlanishsa va "G‘alaba uchun rahmat!" deyishsa kerak.