Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Men Gagarin va Nyutonning kimligini endi bildim. Birinchisi Yerdan “surmoqchi” bo‘lgan. Ikkinchisi esa bu ishdan biror foyda yo‘qligini isbotlab bergan.
25
Ishga kirish vaqtida suhbat. Ish beruvchi:
— Institutda o‘rgangan hamma bilimlaringizni unuting! Amaliyotga umuman to‘g‘ri kelmaydi.
— Men institutda o‘qimaganman.
— Unda sizni ishga ololmaymiz. Bizga oliy ma’lumotlilar kerak.
22
Nabira buvasiga:
— Bobo, 1990-yillar yaxshimidi yoki hozirmi? – debdi.
Buvasi:
— Eh bolam, o‘sha paytlar yaxshi edi-da albatta. Buving yosh va chiroyli edi, - dermish.
22
Parashyutchi osmondan yerga pastlab borayotsa, oldidan qush uchib o‘tayotib:
— Raqqos yigitga salomlar! – desa, parashyutchi:
— Qanaqa raqqos? Men parashyutchiman! – debdi.
Qush bo‘lsa unga:
— Shu ketishda to‘ppa-to‘g‘ri kaktuslarni ustiga qo‘nishingni bilasanmi?! O‘shanda ko‘ramiz... - dermish.
21
Bir kampir qo‘ziqorindan zaharlanib vrachga boribdi. Vrach kampirga:
— Onaxon, har narsani yeyavermang-da! – desa, kampir:
— Bolam, har narsani uvoli bor! Uvol bo‘lmasin deb yeb qo‘yaman-da, - dermish.
21
Bir odam o‘g‘il farzandli bo‘libdi. Ulfatlarini ziyofatga chaqirib ularga debdi:
— Kelganingizda eshigimizni qattiq tepib ochib kiraveringlar!
— Nega tepar ekanmiz? Qo‘limiz bilan ochib kiramiz, - deyishsa, haligi odam:
— Qo‘lingizda sovg‘a-salomlar bilan ocha olmaysizlar-da! – degan ekan.
20
Bir odam qari otaxondan so‘rayotganmush:
— Qanday qilib shuncha uzoq umr ko‘rgansiz?
Otaxon:
— Men umuman hech kim bilan tortishmayman.
— Bo‘lishi mumkin emas!
Otaxon:
— Gapingiz mutlaqo to‘g‘ri!
20
Bir kishi 7-qavatdagi uyida sigaret chekib bo‘lib, axlat chelagi yoniga borishga erinib, qoldig‘ini ochiq derazadan pastga uloqtirgan ekan, pastda turgan kichkina bolakay debdi:
— Amaki, bunaqa qilish mumkin emas. Bu yomon odat!
Bu gapni eshitgan kishi erinmasdan kiyimlarini kiyib, 7-qavatdan pastga zinadan tushib ketayotganmish “Bir ta’ziringni berib kelay sen bolani. Hali senmi menga aql o‘rgatadigan”! deb.
21
Ko‘chada ikkita do‘st gaplashib tursa, bittasi o‘rtog‘ini mashinasiga suyanibdi. Shunda yonidagi o‘rtog‘i:
— Suyanma, iflos! – desa, narigi sherigi:
— Kimni iflos deyapmas?! – debdi.
— Mashinam iflos, yuvilmagan, - degan ekan o‘rtog‘i.
21
Bir sodda ayol dorixonaga kirib sotuvchiga debdi:
— Oxirgi paytlarda xotiram yomonlashib, aqliy faoliyatim sustlashgandek bo‘lyapti. Menga miyani yaxshi ishlashiga yordam beradigan dori bersangiz...
— Mana shu doridan kuniga 3 mahal ichib turasiz.
Uyga kelib xarid qilgan dorini tarkibini o‘qib o‘tirgan xotin eriga qarab debdi:
— Voy o‘lmasam adasi... Falon pulga sotib olgan dorim hovlimizda o‘sib yotgan oddiy o‘tlardan tayyorlangan ekan-ku! Men bo‘lsam shuncha pul sarflab o‘tiribman-a...
Eri xotinini gapini eshitib:
— Ana xotin, dori tasir qila boshlabdi, - desa, xotini:
— Qanaqasiga? – debdi.
— Miyang ishlay boshladi, - dermish eri.
19