Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
— Moliyaviy mutaxassislar hayot tarzimiz kun sayin yaxshilanib borayotganini aytishmoqda.
— Lekin xalq unday demayapti-ku!
— Chunki xalq mutaxassis emas-da!
18
Uzoq vaqt ko‘rmagan dugonamni uchratib qoldim.
— Qalaysan? Voy, namuncha semirib ketding? – desam, dugonam:
— Axir men 2ta farzandli bo‘ldim, - dedi. Shunda:
— Nima sen ularni yeb qo‘ydingmi? – deb yuboribman.
20
“Million”ni konsertidan chiqgan yigitdan so‘rashibdi:
— Konsert qalay bo‘ldi?
U yigit:
— Bravo, - degan ekan.
36
Eng yaxshi dam olish kunlari bu – dushanba kuni ishga bormaydigan kunlaringdir.
21
Vrach kasalxonaga amaliyot o‘tash uchun kelgan qizga debdi:
— Meni ishim chiqib qoldi. Manavi navbatda turgan kasallardan qon olib tur! Hozir kelaman. – debdi.
Amaliyotchi qiz:
— Qanchadan qon olay, - desa, shoshib turgan vrach:
— Uchdan olasan-da! – debdi-da, chiqib ketibdi.
Bir payt vrach qaytib kelsa, kasalxona yo‘lagida 4 ta bemor hushsiz yotganmiz. Amaliyotchi qizga:
— Bularga nima bo‘ldi? – desa, qiz:
— Shuncha harakat qilsam ham uch litr qon chiqmadi... – dermish.
22
Bir kuni ilonni sakkiz oyoq urgan ekan. Ilon militsiyaga borib “Meni to‘rt kishi urdi” deb yozib bergan ekan.
26
Jinoyatda gumonlanuvchi shaxsning yoniga advokati kelib debdi:
— Senga ikkita yangiligim bor. Bittasi-yaxshi, bittasi-yomon!
— Yomonidan boshlang, - debdi gumondor.
— Jinoyat sodir bo‘lgan joydan topilgan qon izlari seniki ekan.
— Yaxshisi-chi?
— Qoning toza, gemoglabining baland ekan.
21
Mehmon mezbonga qarab debdi:
— Sahiyligingizga tasanno! Har safar piyolamga choyni to‘ldirib quyyapsiz...
Mezbon bo‘lsa:
— Ha, choyingizga shakar sola olmasligingiz uchun, - dermish.
20
Demak, bunday! Yangi 2020 yilda:
Dehqonlarga - yer maydonlari,
Xizmatchilarga - fabrika, zavodlar,
Turmushga chiqmaganlarga - sovchilar,
Ishsizlarga - kira uchun Matiz,
Norozilarga - bir shapaloqdan!!! Bor sovg‘am shu...
22