Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
“Har kuni qo‘limdan jaraq-jaraq pul arimasin!” deb duo qilavergan yigit avtobusga chiptachi bo‘lib ishga kiribdi.
19
Ikkita turist o‘rmonda aylanib yursa, oldidan bahaybat ayiq chiqib quvlab ketibdi. Qo‘rqqanidan qochib ketayotgan turistlar, o‘rmonda ziyofat qilib o‘tirgan o‘zbek yigitlarini dasturxonini vayron qilib o‘tib ketishibdi. Shunda o‘zbeklardan biri turistlarni quvlab ketibdi. Ularga yetib olib, bir mushtdan tushirib qaytib kelsa, boshqa o‘zbek so‘rabdi:
— Qani ular?
— Urib keldim. O‘zi nimadan qochishdi?
— Nimadan qochishganini bilmadim-u, lekin anavi jigarrang, katta sherigi ham bor ekan. Kaltakka chidar ekan, zo‘rg‘a yiqitdim, - dermish.
19
Bir kishini qulog‘i og‘rib, vrachga boribdi. Vrach bemorni qulog‘ini tekshirib ko‘rib debdi:
— Bo‘lmaydi! Kesib tashlaymiz!
U odamni jahli chiqib, boshqa vrachga boribdi.
Boshqa vrach qulog‘ni ko‘rib shunday debdi:
— Men sizga dori yozib beraman. Bir hafta ichasiz.
Bu gapni eshitgan bemor xursand bo‘lib:
— Bo‘larkan-ku! Narigi vrach kesib tashlamoqchi edi, ahmoq... – desa, vrach:
— Kesishni xojati yo‘q! Shu dorini ichsangiz, o‘zi uzilib tushib ketadi, - degan ekan.
19
Bir yigit qo‘l telefoni musiqasiga qo‘ng‘irog‘iga davlat madhiyasini qo‘yib olgan ekan. Bir kuni bekatda avtobus kutib o‘tirgan ekan kimdir unga qo‘ng‘iroq qilib qolibdi. Shunda telefonidan madhiya yangray boshlabdi. Orqa cho‘ntagidan telefonni olish uchun o‘rnidan turgan yigit atrofdagilarga qarasa, yonidagi odamlarni hammasi o‘rnidan turayotganmish.
21
Bir odam uyida o‘tirgan ekan, eshik taqillab qolibdi.
Tirqishdan qarasa, MIBdan kelishgan ekan. Uy egasi jim turaveribdi.
Shunda MIB xodimlari:
— Bizda yangi apparat bor. Uyda odam borligini ko‘rsatyapti. Oching eshikni! – deyishibdi.
Haligi odam hayron bo‘lib, eshikni ochibdi-da:
— Qani, ko‘rsatinglarchi... - dermish.
25
Bojxona ko‘rigidan o‘tayotgan avtomobil egasining telefoni jiringlab qolibdi: “Allo, ha bojxonadaman. Olib ketyapman. Yo‘q, hali topa olishmadi!
22
Bir odam o‘rmonda adashib qolib qo‘rqanidan “A-u-u, a-u-u” deb qichqirar edi. Shunda bir ayiq odamning yoniga kelib:
— Muncha qichqirasan?! Hamma yoqni boshingga ko‘tarib, - debdi.
Haligi odam:
— Adashib qoldim. Kimdir eshitarmikan deb baqirayotgan edim, - desa, ayiq:
— Men eshitdim, yaxshi bo‘ldimi!? - debdi.
33
— Doktor, rahmat sizga. Agar siz bo‘lmaganingizda 5 yil avval o‘lib ketgan bo‘lardim.
— Nimalar deyapsiz bemor?! Sizga rahmat. Agar siz o‘lib ketganingizda, men haliyam eski Matizni haydab, Kaptivani orzu qilib yurgan bo‘lardim.
23
Erini ishga kuzatayotgan ayol diydiyo qilib debdi:
— Yana yarim tunda kirib kelasizmi?! Sizni deb uxlamay o‘tiraman!
Eri debdi:
— Yo‘g‘-ye! Tong saharda kirib kelaman. Qotib uxlab yotgan bo‘lasan.
18
Hozir oramizda yashayotgan ayrim boylar haqida keyinchalik bildiriladigan fikr:
“U shunaqangi xasisi edi-ki, bor boyliklarini barchasini o‘ziga vasiyat qilib qoldirdi”.
25