Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir yigit chiroyli qizni oldiga kelib:
— Yaxshi qiz, menimcha siz oq otdagi shahzodangizni kutyapsiz, shundaymi?
Qiz:
— Ha, shunday!
Yigit:
— Ketdik unda...
Qiz:
— Shahzoda qani...?
22
— Cheburashka, meni eshityapsanmi? – debdi timsoh Gena.
— Esing joyidami? Menga yaxshilab qaraganmisan o‘zi? Qanday qilib seni eshitmasligim mumkin?!
27
Kunlarning birida xo‘roz tovuqni restoranga taklif qilibdi.
Restoranda ofitsiant:
— Nima buyurasizlar? - desa, xo‘roz:
— Menga bitta grill, tovuqga esa to‘rtta qaynatilgan tuxum olib keling, - dermish.
19
Qiz sevgan yigitiga debdi:
— Adam siz bilan uchrashib, yaqindan tanishmoqchilar.
— Nega? Axir kecha qo‘lida bolta ushlab, meni rosa quvladilar-ku?
— Adam yugurish bo‘yicha sport ustasi. Sizga yeta olmabdilar. Shunga sizni yoqtirib, uchrashib ko‘rmoqchilar-da.
18
Nega uyali aloqa operatorlari "Telefon xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqarida" degan so‘zni 3 tilda gapirishadi???
Baribir hammamiz birinchisini eshitiboq, go‘shakni joyiga qo‘yamiz-ku...!
17
Haydovchilik guvohnomasiga o‘qiyotgan bir yigit o‘qituvchiga savol beribdi:
— Qizil chiroqda chorrahani kesib o‘tsa bo‘ladimi?
O‘qituvchi ham charchab, asabi buzilib turgan ekan:
— Ha bo‘ladi. Faqat ikkala qo‘lingni ko‘tarib o‘tishing kerak, - debdi.
— Nega aynan qo‘lni ko‘tarish kerak, - desa, o‘qituvchisi:
— O‘lganingdan keyin yechintirish oson bo‘lishi uchun, - dermish.
18
Taksida ketayotsam, haydovchi mamnun ohangda menga gap boshladi:
— O‘z kasbimdan mamnunman. O‘zimga-o‘zim xo‘jayin. Hech kim menga buyruq bermaydi.
Shu vaqt haydovchini gapini bo‘ldim-da:
— Chorrahadan o‘ngga qayriling! - dedim.
19
Ikki askar bir-biriga maqtanyapti. Birinchisi dedi:
— Xotinimning qo‘li gul! Shimimga yamoq solsa, yamoq solgani umuman bilinmaydi-e!
Ikkinchisi bo‘sh kemadi:
— E buning nima bo‘pti!? Mening xotinchamni qo‘lini gul desang arziydi! Kiyimlarini yuvsa, yuvgani umuman bilinmaydi!
18
Restoranda ikkita o‘zbek ofitsiantga buyurtma berishyapti:
— Bizga choy-poy, non-pon, ovqat-povqat olib keling.
Nariroqda o‘tirgan rus ayol ularni gapini eshitib:
— Nimaga sizlar har bir so‘zga qo‘shimcha qo‘shib gapirasizlar? Choy, non, ovqat desangiz bo‘lmaydimi? Agar gaplaringizga qo‘shimcha qo‘shmasdan gapirsangiz, bir tarelka tilla beraman, - debdi.
Shunda o‘zbeklardan biri:
— Tarelka-parelkasi bilan berasizmi? - dermish.
19
Bir kuni jinnixona boshlig‘i jinnilarni sinash uchun hammasiga bo‘sh likopcha berib:
— Ovqatinglarni yeb olinglar, - debdi.
Hamma jinnilar lipopchani taqillatib ovqatlanayotgan harakat qilaverishibdi.
Faqat bittasi yemasdan o‘tirsa, boshlig‘i:
— Nega ovqatingni yemading? - desa, jinni:
— Bular jinni-da, issiq ovqatni yeyishyapti. Men sovisa yeyman, - dermish.
22