Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Shogird:
— Ustoz, shu damda men sevgilimga sms yozganim durustmi yoki qo‘ng‘iroq qilganimmi?
Ustoz:
— Bizning xozirgi ahvolimizga qarag‘onda, siz ul sevgili yoringizga gudok tashlag‘oning‘iz durustdur bo‘tam.
Kunlarning birida katta boy ziyofat berdi. Shahar hokimi va boshqa amaldorlar qatorida Afandini ham taklif qildi.
Boy hokim uchun uyning to‘ridan joy hozirlab, unga a’lo noz-ne’matlarni qo‘yar, boshqa odamlarga oddiy ovqatlarni tortar edi. Afandi hokimning yoniga o‘tirdi-da o‘z kosasiga hokimnikini, almashtirib oldi. Buni ko‘rgan boy toqatsizlanib qichqirdi:
— Afandi, u ovqatga tegmang, zarar qiladi!
— Bilaman,— javob berdi Afandi,— hokim hazratlari bu ovqatni yeb shikastlanib qolmasinlar, hokim uchun men zararlanay deyapman.
Bir yigit shoshilib hojatxonaga kirsa, yonidagi xonadan ovoz eshitilibdi:
— Qalaysan
— (hayron bo‘lib) Yaxshi — debdi
— Nima qilayapsan
— Hojatxonada o‘tiribman!
— (past ovozda) Keyinroq telefon qilaman...bir ahmoq men bilan gaplashyapti
Xotin eriga telefon qilayapti:
— Dadasi tez yetib keling uyimiz yonayapti!
— Uyda kim bor?
— Onamlar bor, uxlayotgan edilar.
— Bo‘lmasa sekinroq gapir, uyg‘otib yuborasan!
Afandining iti bolalagan edi, bir necha kishilar uning uyiga mehmon bo‘lib kelib, so‘zlashib o‘tirishar edi. Kuchuk bolalari uyga kirib mehmonlar bilan o‘ynashib, bezovta qila boshladilar.
Mehmonlardan biri hazillashib:
— Afandi, arzandalaringizga odob o‘rgatsangiz bo‘lmaydimi?, — dedi.
— Nima qilay, tog‘alarini ko‘rib suyunganlaridan suykalishyapti-da, — deya javob beribdi Afandi.
Hurmatli ayollar! Ko‘chaga chiqganingizda mahalladagi ayollar siz ko‘rmagan serialingiz haqida gapirib qolishsa, ulardan "ajralib" turmaslik uchun "Baribir birinchi fasli qiziqarliroq edi!" deb turavering!
Yigit qizga: — Kecha uyingizga sovchi yuborsam, aniq javob aytmabsiz?! Qiz: — Axir yuborgan sovchilaringiz sizni qancha maosh olishingizni aniq aytishmadi-ku!?