Bir kuni quyon bilan ayiq tish sindirishdan garov bog‘labdi. Quyon ayiqni bir ursa, ayiqni 4 ta tishi to‘kilib tushibdi. Ayiq quyonni ursa, 2 dona tishi tushibdi. Shunda quyon kulib "Boshqa yo‘q!" dermish.
— Allo! Bu jonivorlarni himoya qilish jamiyatimi? — Ha. — Xodimlaringizni biznikiga tezroq jo‘nating! — Nega? — MIB xodimi daraxtga chiqib olib, itimni haqorat qilyapti.
Rossiyaga borgan o‘zbek yigit yo‘lni topolmay bir rus kishini to‘xtatibdi. Yigit ruscha gapini tushuntirolmay bir nimalar deyayotsa, haligi kishi "O‘zbekcha gapiraver" debdi.
E’lon: Dalada qulupnay, bog‘da olma va gilos terish uchun ishchi kerak. Oylik maosh 1 mln. so‘m. Mabodo, mevalarni terayotganingizda egasi sizni ushlab olsa, meni tanimaysizlar!