Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir odam Afandiga:
— Yangisidan eshitaylik... – desa, Afandi:
— Ertalab nonushta qilib o‘tirsam, tepa tishim bilan past tishim bitta non ustida urishib yotibdi, - debdi.
Kitob do‘konida:
— Kecha men sizlardan “Millioner bo‘lish sirlari” degan kitobni sotib olgan edim.
— Ho‘sh?
— Kitobning deyarli yarmi yo‘q ekan.
— Nima, sizga yarim million yetmaydimi?
Bir ayol qiziga nima desa ham “Voy” deyaverar ekan.
Oxiri onasi qiziga:
— Agar yana “voy” desang, turmushga berib yuboraman, - desa, qiz:
— Voy-voy-voy! – deb yuboribdi.
Bir talaba ovqatlanib, qornini to‘ydirib darsga kirsa kekirgisi kelib qolibdi. Hammani oldida kekirishga uyalib, oxiri nima qilishni o‘ylab topibdi. Telefondagi musiqani baland qilib ovozini ko‘taribdi-da, kekirib yuboribdi.
Keyin qarasa, telefondagi musiqa talabani qulog‘idagi naushniklaridan kelayotgan ekan...
— Akmaljon, dadang kim bo‘lib ishlaydi?
— Meni dadam sehrgar.
— Qanaqasiga?
— Oylik maoshlari 1 million bo‘lsa ham har oy 5 millionlik harajat qiladilar. Qolgan pulni qayerdan oladilar bilmayman...