Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Mart, aprel oylarida nimalar qilmadim-yey...! Uyda qoldim, gohida uyda qoldim, kezi kelganda uyda qoldim, uyda qolgan paytlarim ham bo‘ldi, eng qizig‘i deyarli uyda qoldim.
26
Yigit bilan qiz katta bir ko‘l bo‘yiga borishibdi.
Qiz:
— Kim shu ko‘l bo‘yida niyat qilib suvga tanga tashasa niyati ro‘ybga chiqarmish.
Shunda yigit birinchi bo‘lib niyat qilib suvga tangani tashlabdi.
Keyin qiz niyat qilib tanga tashayman deb, suvga o‘zi tushib ketibdi.
Yigit:
— Rostan ham niyat amalga osharkan...
21
— Nega ayollarni armiyaga chaqirishmaydi? ⠀
— Ular “chapga” degan buyruqni noto‘g‘ri bajarishadi.
26

Ikki dugona telegramda.
— Ablah.
— Kim?
— Yigitim.
— Nima qildi?
— Xiyonat qildi.
— Yo‘g‘e, qaysi biri? Botirmi, Fayzimi?
— Fayzi.
— E, o‘lsin. Bularning hammasi shunaqa.

28
Ikki ulfat uchrashib qoldi:
— Bugun nima sabab bilan ichamiz? - deb so‘radi birinchisi.
— Bugungi kun uchun ichamiz, - dedi ikkinchisi.
— Bugun nima tug‘ilgan kuningmi? - dedi birinchisi.
— Yo‘q, bugun 29.02.2020 yil. Umringda bir marta bo‘ladigan kun uchun ichamiz, - dedi ikkinchisi.
21
— O‘g‘lim, ertalabdan beri shu telefoningda nima qilyapsan?
— Mushugimni boqyapman.
— Nima? Qo‘y-mi, mol-mi boqsang bo‘lmaydimi?! Shu mushukni boqishdan boshqa ishing yo‘qmi seni?!
25
— Kim javob beradi? Tender nima?
— Tender bu – pora berish musobaqasi.
— To‘g‘ri o‘tir! 6 baho. To‘rtini o‘zingga ol, ikkini o‘zing bilasan nima qilishni...
24
— Nimaga siz tabassum qilganingizda bir ko‘zingiz kulib tursa ham bir ikkinchisi g‘amgin bo‘ladi?
— Ikkinchi ko‘zim sun’iy-da!
20
Bir odam Afandiga:
— Yangisidan eshitaylik... – desa, Afandi:
— Ertalab nonushta qilib o‘tirsam, tepa tishim bilan past tishim bitta non ustida urishib yotibdi, - debdi.
28
Men uni juda-yam sog‘indim. Biz doim birga bo‘lishimiz kerak. Aslo ajralmasdan bir umr yonma-yon yashashimiz shart! Men va pul – bir butunmiz!
21