Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bemor erini kasalxonaga olib kelgan ayolga shifokor debdi: — Eringizga tinchlik va xotirjamlik kerak! U kishiga asabiylashish mumkin emas. Mana bu tinchlantiruvchi dorilarni dorixonadan sotib oling! Xotini debdi: — Dorilarni erimga nechi mahal ichirishim kerak? Shifokor debdi: — Bu dorilarni siz ichasiz!
Sevgan qizi bilan urishib qolgan yigit do‘stidan 100 dollarga zahar topib berishini so‘rabdi. Do‘sti: — Jinnimisan?! Shuncha pulga zahar olguncha, 2 metr arqon olib o‘zingni osaqol, - desa, do‘sti: — O‘zimni ossam bo‘g‘ilib o‘laman-ku! - degan ekan.
Nasafiy degani yangi ashula aytibdi. Uni kuylagan ashulalarini reanimatsiya bo‘limidagi bemorlarga 5 martta qo‘yib bersangiz, tezroq tuzalib, reanimatsiya bo‘limidan qochib chiqib ketib qolishadi.
Xaridor do‘konga kelib, mana bu pult qanchadan? - desa - sotuvchi: — 10 ming, - debdi. Xaridor: — Namuncha qimmat? - desa, cotuvchi: — Hozir bizda aksiya ketyabdi. Bittasini 20 minga olsangiz, ikkinchisni tekinga beramiz debdi. Xaridor: — Zo‘rku bittasi tekin ekanda depti !
Ta’qiqlangan joyda baliq ovlayotgan odamni yonida inspektor kelib: — Sizga katta miqdorda jarima yozaman, - debdi. — Nima qilay inspektor!? Bu yerda dam olib o‘tirsam, shu baliq o‘zi suvdan chiqib kelaveradi, - debdi. — Qanday qilib? Qani ko‘rsating-chi?! - desa, haligi odam baliqni suvga tashlab yuboribdi. — Qani baliq chiqib kelayotgani? - debdi inspektor. Haligi odam: — Qanaqa baliq? Men bu yerda shunchaki dam olib o‘tiribman! - degan ekan.
Baliq ovidan yaxshi kayfiyatda qaytgan er xotiniga: — Qara, qancha baliq tutganimni! Bugun ovim baroridan keldi! - debdi. Xotini: — Aldamang! Shuncha baliqni o‘zingiz ovlamagansiz! Qo‘shnimiz sizni baliq do‘koniga kirib-chiqganingizni ko‘ribdi-ku! - desa, eri: — To‘g‘ri, kirdim. Tutgan baliqlarimni yarmini sotib yuborishga to‘g‘ri keldi-da! - dermish.
Bizni shaharimizda qoidalar juda oddiy. Yog‘ingarchilik boshlandimi? Demak, ko‘chalarga asfalt qilinadi. Asfalt qilindimi? Demak suv quvurlari almashtiriladi.
Ikki yigit: — Yoshim o‘tib qoldi do‘stim. — Nega unday deyapsan? — Avvallari "Nega uylanmayapsan?" deyishardi. Endi bo‘lsa, "Nega shu paytgacha uylanmagansan?" deb so‘rashyapti.