Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Yosh bola do‘konga kirib:
— Asal bering, - deb sotuvchiga idishini uzatibdi.
Sotuvchi idishni asalga to‘ldirgach, bolakay unga:
— Pulini adam kechqurun berib ketadilar, - debdi. Jahli chiqqan sotuvchi, — Yo‘q, - debdi-yu, asalni qayta to‘kib olibdi.
Do‘kondan chiqqan bolakay qo‘lidagi idish ichiga qarab:
— Adam rost gapirgan ekanlar. Bu yerda ikkita nonga surtsa yetadigan asal chiqadi, - dermish xursand bo‘lib.
16
Mayxonada aroq ichib, kayfiyatsiz o‘tirgan kishi yoniga bir odam kelib:
— Nima bo‘ldi og‘ayni? - debdi.
— Xotinim bilan urushib qoldim. Men bilan o‘n kun gaplashmas ekan...- desa, boyagi odam:
— Ahvoling chatoq ekan-ku! - debdi.
U kishi yana aroqdan ichib:
— Gapirma! Bugun oxirgi kun, - dermish.
17
Imtihonda chiroyli talaba qiz biletdagi savollarga javob topa olmay o‘tirsa, o‘qituvchi yoniga kelib:
— Yaxshi qiz, bugun kechqurun bo‘shmisiz...? - debdi.
Qiz xursand bo‘lib, — Ha bo‘shman, - deb nozlanib javob bersa, o‘qituvchisi:
— Bo‘lmasa, kechasi o‘tirib savollarga yaxshilab tayyorlaning. Qayta topshirasiz! - degan ekan.
19
Bir bemor dorixonaga kirib:
— Iltimos, yo‘talga qarshi samarali dori bersangiz?
Sotuvchi bemorga ichni suruvchi dori beribdi.
Bemor:
— Men yo‘talyapman, qabziyat bo‘lganim yo‘q!
Dorixonachi:
Shu doridan ichib yursangiz, yo‘talishga ham qo‘rqib qolasiz...!
42
— Do‘stim, "A" harfidan boshlanadigan tana a’zoingni nomini ayt-chi?!
— Bilmayman, menda u a’zo yo‘q! Men erkakman!
— Bo‘lmaydi-da... "Aql" nima qilsin senda...
89
To‘rtta farzandi bor erga xotini:
— Tuzlangan qulupnay yegim kelyapti adasi, - deyishi bilan er hushidan ketib qolibdi...
78
— Yaxshi qiz, siz bilan bugun biror joyda uchrashsak bo‘ladimi?
— Keling, ertaga uchrashamiz... Bugun erimni tug‘ilgan kuni edi, bolalarni bog‘chadan olishim kerak!
96
Bir kuni afandining xotini chuchvara tugib o‘tirsa, yoniga mushugi kelib suykalibdi. Xotini uni bir tepib, haydabdi. Mushuk qasd olmoqchi bo‘libdi.
Chuchvara pishgach, afandi endi yemoqchi bo‘lib turgan ekan, mushugi unga ham suykala boshlabdi. Afandi birinchi chuchvarani mushukka bersa, mushuk chuchvarani yeb, o‘zini o‘lganga solib yerga yotib olibdi.
Afandi xotiniga:
— Meni o‘ldirmoqchi bo‘ldingmi?, - deb baqira ketibdi.
Mushuk esa bitta ko‘zini ochib:
— Ajab bo‘pti, - dermish.
90
Afandi o‘g‘li bilan ketayotsa, yonidan bir kal kishi o‘tib qolibdi. O‘g‘li afandiga qarab:
— Dada qarang, anavi amaki kal ekan, - desa, afandi:
— Sekinroq gapir, eshitib qoladi, - debdi.
Shunda o‘g‘li:
— Nima dada, u amaki kalligini o‘zi bilmaydimi?, - dermish.
98
Er xotinini chaqirib:
— Senga necha martta aytaman yopib yur deb. Nuqul ochiq qolaveradi. Beparvosan! Uyat emas-mi?, ... Yana non qotib qolibdi!
117