Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Taksida ketayotsam, haydovchi mamnun ohangda menga gap boshladi:
— O‘z kasbimdan mamnunman. O‘zimga-o‘zim xo‘jayin. Hech kim menga buyruq bermaydi.
Shu vaqt haydovchini gapini bo‘ldim-da:
— Chorrahadan o‘ngga qayriling! - dedim.
Yosh kuyovni xotini ko‘zi yorish arafasida. Kuyov kelinni mashinada tug‘ruqxonaga olib ketmoqda. Yo‘llaridan qora mushuk o‘tib ketsa xotini:
— Voy dadasi, endi men qop-qora bola tug‘aman, shunaqa irim bor, - debdi. Ovsar kuyov uyiga kelib onasiga:
— Oyi shu rostmi? Yo‘limizdan qora mushuk o‘tgandi. Xotinim endi qora bola tug‘adimi? – desa. Buni kuzatib turgan dadasi:
— Xotin, sen tug‘ruqxonaga ketayotganingda oldingdan eshak o‘tmaganmidi? – dermish.
Yigit bilan qiz uchrashuv belgilashibdi. Yigit qizni rossa kutibdi. Qiz kelmabdi. Oxiri uyiga qaytib ketibdi. Ertasi kuni qiz yigitga qo‘ng‘iroq qilib, gapi borligini aytibdi. Qiz yigit bilan uchrashibdi-yu, kecha hind kinosi ko‘rganini, shuning uchun uchrashuvga kela olmaganini tushuntiribdi.
Keyin qiz yigitga:
— Biror kafega kiraylik, kinoni gapirib beraman, - debdi.
Bir kafega kirib o‘tirib, qiz kinoni gapirib bera boshlabdi. Bir yarim soat tinmay gapirib bo‘lib:
— Mana, kinoni 1-qismi tugadi. Hozir bir suv ichib olay, 2-qismini gapirib beraman, - desa, yigit:
— Mayli, faqat kinodagi ashula aytib, raqsga tushgan joylarini o‘tkazib yuborgin. Shuncha odam oldida uyalib ketyabman, - degan ekan.
Mast kishi jon-jahdi bilan simyog‘ochni taqillatardi.
— Xotin, kimga aytyapman, och eshikni!
Yaqindan o‘tib ketayotgan posbon yoniga kelib:
— O‘rtoq, nima gap?! Qani, «puf» deng-chi?!
Mast jon-jahdi bilan puflagandi, posbon o‘zi chayqala boshladi va simyog‘ochni taqillatib baqirdi:
— Qanaka xotinsiz, o‘zi? Oching eshikni!
Maktabda o‘quvchisi sinfdoshini uyiga borib, eshik qo‘ng‘irog‘ini bosgan ekan, do‘stini onasi eshikni ochibdi. Haligi bola unga:
— Salom xolajon! Akbar uydami, - deb so‘rasa,
— Ha uyda! Lekin ovqatlanyapti. Balki sen ham ovqatlanishni xohlarsan, - debdi.
— Ha xohlayman, - desa,
— Bo‘pti, unda sen ham uyingga borib ovqatingni yegin, keyin kelarsan, - dermish.
Qish, izg‘irin sovuq ekan. Ko‘chada ikkita eshak ketayotsa, yonidan kalta yubka kiygan bir qiz o‘tib ketibdi.
Shunda birinchi eshshak ikkinchisiga qarab:
— Qara, bizdan ham terisi qalin jonivorlar bor ekan-a? - dermish.
Onasi o‘g‘liga:
— Hafta boshidan yangi hayot boshlamoqchimiz. Men ozishni boshlayman, adang chekishni tashlaydi. Sen nima qilmoqchisan?
— Men o‘qishni tashlamoqchiman!
Er-xotin va qizi ovqatlanayotgan ekan, onasi qiziga:
— Qizim senga nima bo‘ldi? Juda xomushsan, ovqatingni yegin, - desa, eri xotiniga:
— Shuniyam bilmaysanmi? Qizingni erga berish kerak, - debdi. Oyisi yana qiziga:
— Ol qizim, ovqtingni yegin, kasal bo‘lib qolasan axir, - desa, eri yana xotiniga:
— Buningni dardi ma’lum, erga berish kerak! - debdi.
Onasi yana qiziga:
— Qizim hozir ovqating sovub qoladi, - desa, qizi:
— Uf-f-f oyi, birpas jim turing! Dadam gapirsinlar! - dermish.