Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir ayol dugonalari bilan yangi yilni bayram qilibdi va rosa shampanskiy ichib, uyiga mast holatda kech qaytibdi. Qarasa eri uxlayapti. U xotinini kech kelganini bilmabdi ham.
Xotin darhol noutbukini ochib o‘zini ishlatayotganga solibdi.
Eri shovqinda uyg‘onib xotinga:
— Nima bayramda ichib oldingmi?
Xotin:
— Yo‘q, dadasi ertaga juda muhim ishim bor shuni yozayapman!
Eri:
— Yolg‘on gapirma, alkash chemodonni yopib tezda uxla.
Bir mehmondorchilikda yosh surishtirib qolishdi. Afandiga kelib birov:
— Afandi, siz nechaga kirdingiz?—deb so‘radi.
— Bu yil qirqqa kirdim,— dedi Afandi.
— Iye,— dedi boyagi kishi,— bundan o‘n yil ilgari ham qirqqa kirdim degan edingiz-ku?
Afandi javob berdi:
— Qiziq odam ekansiz, kishining gapi bitta bo‘ladi-da.
Yigit sevgan qiziga debdi: — Menga turmushga chiqish taklifini bergandim. Anchadan beri javob bermayapsan?! Qiz debdi: — O‘shandan beri qancha oylik maosh olishingizni bilolmayapman...!
Xotin eriga dedi: — Azizim, sizni telefoningizdan dugonamga qo‘ng‘iroq qilib olsam maylimi? O‘zimnikida pul qolmabdi. Eri: — Mayli, qilaver! Xotini dugonasini raqamini tersa, go‘shakni u tomonidan javob kelibdi: — Allo, bormisiz jonim...?
Baliq ovidan yaxshi kayfiyatda qaytgan er xotiniga: — Qara, qancha baliq tutganimni! Bugun ovim baroridan keldi! - debdi. Xotini: — Aldamang! Shuncha baliqni o‘zingiz ovlamagansiz! Qo‘shnimiz sizni baliq do‘koniga kirib-chiqganingizni ko‘ribdi-ku! - desa, eri: — To‘g‘ri, kirdim. Tutgan baliqlarimni yarmini sotib yuborishga to‘g‘ri keldi-da! - dermish.
Nikoh o‘qish marosimidan: Mirsaid qizi Gulmiraxon, Abdullajon o‘g‘li Azamatga turmushga chiqishga, u bilan borlikda ham, yo‘qlikda ham, salomatlikda ham, kasallikda ham, mastlikda ham, tetiklikda ham, chiroq, gaz, suv borligida ham, puli tugab o‘chib qolganida ham, kredit to‘langanda ham, to‘lanmaganda ham, kvartirada ham, o‘z uyingizda ham birga yashashga rozimisiz?