Yuqumli kasalliklar shifoxonasi. Vrach bemorga: — Yurak urishingiz me’yorda. Qon bosimi ham yaxshi. Bemor: — Rahmat doktor. Demak men sog‘lom o‘lyapman.
Yigit qizga: — Hoy qiz, tushib qoldi. Qiz: — Senikiyam tushib qolmasin, osilib turibdi-ku! Yigit: — Nimani aytyapsan? Seni puling tushib qoldi. Qiz: — Kaliting shimingni orqa tarafida osilib turibdi. Shuni aytgandim.
Bir mast odamni qo‘lidan bir dona sigareti yerga tushib ketibdi. Piyonista sigaret qutisidagi qolgan hamma sigaretlarni yerga tashlab "Boringlar, anavi daydini olib kelinglar" debdi.
Mashina yo‘lida odamlar to‘planib turishsa, o‘tib ketayotgan kampir: — Nima bo‘ldi? - deb so‘rabdi. Shu yerda turgan odam: — Bir talabani mashina urib ketibdi, - debdi. Kampir xotirjam turib debdi: — Hayriyat-yey! Men odamni urib ketibdimi debman...
Yaponiyaning Toyota kompaniyasi direktori bilan Asaka mashina zavodi direktori uchrashib qolibdi. Toyota direktoridan o‘zbek direktori so‘rabdi: — Sizlarni zavodingizda nechta injener ishlaydi? — 7 nafar, - debdi yapon. — Sizlarda-chi? - deb so‘rabdi u ham. Asakalik akaxon ichida: "Hozir menda 80 ta injener ishlashini aytsam, g‘alati bo‘lmasinmikin?!" - deb, 6 ta ishlaydi, - deb qo‘yaqolibdi. Ertasi kuni Toyota direktorini ko‘rsa, ko‘zlari qizarib ketgan emish. Asaka zavodini rahbari: — Sizga nima bo‘ldi? - deb so‘rasa, yapon: — Kechasi bilan uxlamay o‘ylab chiqdim. 7-injenerim nima ish qilyapti ekan deb, - dermish.