Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Ertalab trenirovkaga, tushdan keyin maktabga boradigan o‘g‘limning ertaga ertalabki mashg‘ulotlari qoldirilgani eshitib, o‘zimcha unga buyurib qo‘yadigan ishlarimni rejalashtirdim. — Xo‘sh, ertaga nimalarni rejalashtirding?, -so‘radim undan. — Nimani bo‘lardi, ertalab o‘rnimdan turmay ko‘proq uxlashni, - javob berdi u.
Karantin payti bir ayol eri bilan bozorlik qilib, uyga qaytibdi. Piyoda horib-charchab kelib, uyda niqoblarni yechishsa yonida begona erkakmush. U ham hayron emush. Bozorda qaysi payt almashib qolishgan - eslasholmabdi. Shu uchun ko‘cha-ko‘yda hushyorroq bo‘lib yuraylik.
Bugun korzinkada aravachaga bir talay oziq-ovqatlarni to‘ldirib olgan ikkita yigitga ko‘zim tushdi. Biri ikkinchisiga: — Shuncha grechka, un va shakarlarni nima qilamiz? - desa, ikkinchisi: — Menimcha g‘irt ahmoqgarchilik bilan shug‘ullanyapmiz! - debdi. Keyin yana birinchisi: — Ko‘p gapirmasdan yog‘dan ol! Qara hamma olib ketyapti. Hozir qolmaydi...! - dermish.
Buyurtmachi tayyor binoni qabul qilib olayotib 50 metr yerga qazib qurilgan quduqni ko‘rib qolibdi. Quduqni atrofini g‘isht bilan o‘rab, oxiriga katta chiroq ham o‘rnatilgan emish. — Bu nima? – deb so‘rabdi prorabdan. — Mana siz bergan loyiha chizmasi bo‘yicha qurdik, - deb chizmani uzatibdi prorab. Buyurtmachi chizma tushirilgan qog‘ozni 180 graduska aylantirib: — Axir bu 50 metrli minora edi-ku! – degan ekan.
— Navbatdagi savolga kim javob beradi? Eng yaxshi vazirlik nomini ayting.
— Innovatsiyalar vazirligi.
— Nima uchun?
— Sarflanayotgan pullar nimaga ishlatilayotganini hech kim bilmaydi.
Ikkita ovchi ovga chiqib kechgacha o‘lja topa olishmabdi. Ovchilardan biri ochlikdan hushidan ketib qolibdi.
Sherigi tez yordamga qo‘ng‘iroq qilib:
— Do‘stim hushidan ketdi, tez yetib kelinglar! – desa, tez yordamdagilar:
— O‘zi tirikmi? – deyishibdi.
— Bilmayman, - debdi ovchi.
— Biz anig‘ini bilishimiz kerak, - deyishsa, go‘shakni narigi tomonidan bitta o‘q ovozi eshitilibdi.
— Tirik ekan, ingrayapti, - dermish ovchi.