Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Erkak uyiga kovrolin to‘shab, ishni tamomlagach, sigaret chekmoqchi bo‘libdi. Cho‘ntaklarini qidirib, sigaretini topa olmasmish.
Bir payt qarasa, kovrolinni o‘rtasi do‘mpayib ishib turganmish.
“Obbo! Shu yetmay turgandi. Kovrolinni tagida sigaret qutim qolib ketibdi” debdi jahli chiqib. Qarasa, oshxonadan xotini chiqib eri tomonga kelayotganmish. Erkak bolg‘ani olib, kovrolinni do‘mpayib turgan joyini tez-tez urib, pachoq qilib tekislab qo‘yibdi. Xotini erini tepasiga kelib:
— Adasi, sigaretingizni qidirmadingizmi? Mana, oshxonada qoldiribsiz. Kecha siz menga sovg‘a qilgan yangi telefonni topa olmayapman, ko‘rmadingizmi qayerda qoldi ekan?! – dermish.
Bir samolyotga yangi styuardessa ishga kiribdi. Parvoz paytida ikki uchuvchi gaplashib qolishibdi:
— Bu yangi styuardessaning qomati qanaqa ekan?
— Unga qaraganda ming marta o‘zimning xotinimni qomati chiroyli, - debdi birinchi uchuvchi.
Shunda ikkinchi uchuvchi:
— To‘g‘ri aytasan! Unga qaraganda ming marta sening xotiningni qomati chiroyli, - dermish.
— Do‘stim, katta-katta konsertlarga qanday qilib bepul kirib chiqasiz?
— Chipta tekshirayotgan odamning yonidan orqa tarafga yurib o‘tib ketaman. U meni tashqariga chiqib ketyapti deb o‘ylaydi.
— Odamzod g‘alati-da!
— Nega?
— Agar osmonda 789301214756899 ta yulduz bor desang, ishonadi. Mabodo qayergadir «Ehtiyot bo‘ling, bo‘yalgan» deb yozib qo‘ysang, albatta barmog‘ini tekkizib, tekshirib ko‘radi.
Bir erkakning do‘stiga aytib bergan voqeasi:
— Bilasanmi do‘stim, yoshi kattalarning maslahatiga kirib bir ish qilgandim.
— Nima ish ekan u?
— Xotinimning baqir-chaqiri, gap-so‘zlarini bu qulog‘im bilan eshitib, unisidan chiqarib yuborishni o‘rganib olgan edim.
— Xo‘sh qalay? Foydasi bo‘ldimi? Qulog‘ing ancha tinchigandir-a?!
— Nimasini aytasan!? Xotinimni baqir-chaqiriga e’tibor bermay yuraveribman... U bo‘lsa, hammom eshigini ocha olmay, ichkarida ancha kun qulflanib qolib ketibdi.
Ko‘chada ketayotgan qizga kelishgan bir yigit “gap otibdi”:
— Yaxshi qiz, dam olish kunlari bo‘shmisiz?
Qiz nozlanib:
— Ha, - debdi.
Yigit bo‘lsa:
— Go‘zallik saloniga borib tursangiz bo‘lmaydimi?! – degan ekan.
Ikkita turli millatdagi zoolog olimlar gaplashib qolibdi:
— Biz laqqa baliqni sigir bilan chatishtirdik. Zo‘r natija berdi. Endi sigirlarimiz ham sut, ham yog‘ berishmoqda.
— Biz esa chumolilarni tarvuz bilan chatishtirdik. Endi tarvuzni so‘ysak, danaklarini o‘zi tashqariga o‘rmalab chiqib ketishmoqda.